Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə48/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Geografik tarqalishi.Vatani Turkiyahisoblanadi. Voronej, Volga bo‘yida, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, O‘rta Osiyoda o‘stiriladi.
Kimyoviy tarkibi.Myevasitarkibida 1,2-3,2% efir moyi, 8 -28,4% moy,oqsil, shakar, shilimshiq moddalarva 10% gacha minyeral tuzlarbor. Bundan tashqari 80-90% styereopten-anetol, 10% metilxavikol, anis aldegidiva ketoni,kislotasi, kumarinlar:skopoletin, umbelliprenin va boshqalar bor.
Ishlatilishi.O‘simlikning myevasi dorivor hisoblanadi. Undan tayyorlangan preparatlar bronxitda balg‘am ko‘chiruvchi, el haydovchihamdadorilar mazasini yaxshilovchi sifatida ishlatiladi.Myevadan olingan moy va efir moyi oziq-ovqat sanoatida, sovun sanoatida, parfyumyeriyada ishlatiladi.Arpabodayon efir moyi-Oleum Anisi, nashatir arpabodiyon tomchisi -Liquor Ammonii Anisatus va boshqalar tarkibiga kiradi. Myevasi ko‘pginaich yumshatuvchi dorilar tarkibiga kiradi.
8-mavzu: Daraxt va buta o‘simlik turlarini intorduksiyasi.
Reja:
1. Introdutsent buta turlarini o`rganish.
2. Introdutsent daraxt turlarini o`rganish
Аloe - Aloyo arborescens Mill. Аloe drevovidnoe Liliaceae
Oʼcimlikning tavsifi. Аloe (Aloyo arborescens)-Loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub koʼp yillik buta yoki daraxtsimon doimiy yashil sukkulent. Tabiiy muhitida boʼyi 4 metrgacha yetadi. Ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli boʼlib, poyada ketma-ket oʼrnashgan. Gullari yoʼgʼon guloʼqida silindrsimon joylashgan, toʼpgulining uzunligi 20-40 sm. Gullari oddiy gulqoʼrgʼonli, ikki jinsli. Gulqoʼrgʼonni hosil qilgan gultojibarglari toʼq sariq hamda qizil rangli boʼlib, uzunligi 4 sm, kengligi 5 sm. Аndrotseyi oltita changchidan iborat. Urugʼchisi bitta boʼlib, uchta mevabargchaning
qoʼshilib oʼsishidan rivojlangan. Mevasi-choʼzinchoq koʼsakcha. Аloe (Aloe arbore) xalq orasida turli xil - sabur, rannik, aloy, stoletnik kabi ruscha nomlar bilan mashhur. Gul tuvakda oʼsayotgan aloe tez oʼsadi, lekin kamdan-kam gullaydi. «Stoletnik» nomi ham shundan kelib chiqqan boʼlib, yuz yilda bir marta gullaydigan oʼsimlik degan maʼnoni anglatadi.
Kimyoviy tarkibi. Barglarida aloin, aloe-emodin (1,66%), aloezin (15% gacha), aloemanan, izobarbaloin, gomonataloin hamda efir moyi mavjud. Geografik tarqalishi. Vatani Janubiy Аfrika. Oʼzbekistonda aloening har xil turlari manzarali va shifobaxsh oʼsimlik sifatida xonalarda oʼstiriladi. Tropik va Janubiy Аfrikada oʼsadigan oʼsimliklar har yili gullaydi.
Ishlatilishi. Xalq tabobatida bargidan olingan ekstrakt meʼda va ichakning baʼzi kasalliklari (gastrit, kolit), oʼpka sili, bronxial astmani davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda qoʼllash uchun aloening yangi yigʼilgan bargidan shira olinadi va spirt bilan konservalanadi. Аloe bargidan olib quritiladigan shira – sabur sifatida, konservatsiya qilingan sharbati va aloe shirasi davolashda ishlatiladi.
Osh-ovqatga unnab turib, qoʼlingizni oshpichoq bilan jarohatlab oldingizmi, hechqisi yoʼq. Darrov deraza tokchasida oʼsayotgan aloe bargini uzing va oʼrtasidan uzunasiga yorib, jarohatlangan joyingizga qoʼyib bogʼlang. Chunki aloe manzarali xona oʼsimligi boʼlishi bilan birga dorivor oʼsimlik ham hisoblanadi. Аloe bakteritsid xususiyatga ega boʼlib, jarohatni tez bitishiga yordam beradi.
Uy sharoitida ham aloe shirasini yoki sharbatini ajratib olish mumkin. Аloeni pastki barglari uzib olinadi va xona haroratida sharoitida qaynagan suv bilan chayilgach, yaxshilab maydalanadi. Buning uchun uch yildan kam boʼlmagan aloe oʼsimligidan foydalanish kerak. Maydalangan massa dokadan sizdirib olinadi. Bu shifobaxsh sok bakteritsidlik xususiyatiga ega boʼlib, abstsess, kuyish va tropic yaralarni davolashda ijobiy natija beradi. Bundan tashqari difteriya, stafilokokk, ichak tayoqchasi kabi mikroblarni nobud qilish xususiyatiga ega. Аloe shirasi meʼda va oʼn ikki barmoq ichak yarasi, gastrit, jigar va oʼt pufagining surunkali kasalliklarida bir choy qoshiqdan ovqatdan 30 minut oldin uch mahal ichiladi. Shuni esda tutingki, aloe shirasini tayyorlagan zahoti undan davolanish uchun foydalang. Ichish uchun har safar yangi shira tayyorlang. Gerpesda kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin bir choy qoshiqdan ichiladi, jarohatlar esa aloe shirasi bilan kuniga bir necha marta artib tozalanadi. Surunkali gerpesda ham yaxshi natija beradi. Tumov boʼlganda yangi tayyorlangan aloe shirasidan burunga bir necha tomchi tomizish mumkin. Аloe shirasini spirtli nastoyka holida uzoq muddat saqlanadi. Spirtli nastoyka tayyorlash uchun aloe shirasiga ichiladigan spirtdan 4:1, aroqdan foydalanilganda 2:1 nisbatda qoʼshiladi yaʼni ikki hissa aloe shirasiga bir hissa aroq qoʼshiladi. Аloening spirtli nastoykasi muzlatgichda saqlanadi. Va bunday spirtli nastoyka aloe sharbati oʼrnida ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga bachadondan qon ketganda, buyrak va siydik pufagi shamollashida, yuqori qon bosimi, sistit va homiladorlik davrida aloe shirasidan foydalanish tavsiya etilmaydi. Davolanish muddati uzogʼi bilan bir oygacha boʼlishi mumkin.




Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin