Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Ilonsimon toron-Polygonum bistorta L. Zmeevik, goretszmeinыy, rakovыe sheyki Polygonaceae



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə47/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Ilonsimon toron-Polygonum bistorta L. Zmeevik, goretszmeinыy, rakovыe sheyki Polygonaceae
Oʼcimlikning tavsifi. Ilonsimon toron (Polygonum bistorta) Torondoshlar (Polygonaceae) oilasiga mansub koʼp yillik oʼsimlik,ildizpoyasi2 marotaba ilonsimon buralgan boʼlib,uzunligi3-5 sm (10 sm), yoʼgʼonligi 1,5-2 sm. Tashqi tomoni toʼq qizil-qoʼngʼir, ichi esa pushti rangli. Poyasi tik oʼsuvchi, shoxlanmagan, boʼyi 100 sm. Ildizoldi barglari tekis qirrali, keng lantsetsimon, uzun va qanotli bandi bor. Poyadagibarglari tekis qirrali, ketma-ketbandsizoʼrnashgan. Qoʼshimcha barglari naychasimon boʼlib, poya boʼgʼimini oʼrab turadigan qin hosil qiladi. Gullari boshoqsimon toʼpgulni hosil qilib, asosiy gulpoyaning yuqorisida oʼrnashgan. Guli mayda, och-pushti rangli, aktinomorf. Gulqoʼrgʼoni oddiy, asos qismiga qadar 5 boʼlakka qirqilgan gultojidan iborat, mevasi uch qirrali yongʼoqcha.May oyida gullaydi, iyul oyida yetiladi.
Geografik tarqalishi. MDHdavlatlariningEvropaqismida, Gʼarbiy Sibir, Ukraina, Belorussiyada keng tarqalgan. Ilonsimon torondengiz sathidan 2200 metr balandlikdagi togʼlarda, oʼtloqlarda uchraydi.
Kimyoviy tarkibi.Ildizpoyasi tarkibida oshlovchi moddalar (15-25%), gallotaninlar, gallovat va ellogovat kislotalari, katexin, flobafenlar, kraxmal (25%), S vitamini (1,1%), juda kam miqdorda oksimetilantraxinonlar aniqlangan (Gaxniyan, Asenov, 1988).Ishlatilishi. Ilonsimon toronning ildizpoyasi dorivor hisoblanadi. Oʼsimlikdan tayyorlangandorilar burishtiruvchi va antiseptik xususiyatga ega boʼlib, meʼda-ichak, ogʼiz boʼshligʼi kasalliklarini davolashda qoʼllaniladi.Suyuq ekstrakt -Extractum Bistortae fluidum, qaynatmavachoylar tarkibiga kiradi.
Oddiy arpabodiyon -Anisum vulgare Gaerth., Anisumofficinarum Moench.,Pimpinella anisum L. Anis obiknovenniy Ariaseae
O‘cimlikning tavsifi.Oddiy arpabodiyon (Anisum vulgare)Ziradoshlar (Ariaseae) oilasiga mansub, biryillik o‘t o‘simlikbo‘lib,bo‘yi 30-60 sm ga yetadi. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon,yuqori qismidan shoxlangan. Ildizoldi va poyaning pastki qismidagibarglari uzun bandli, butun, tuxumsimon yoki buyraksimon, arrasimon qirrali, poyaning o‘rtaqismidagibarglari 3-5 marta patsimon qirqilgan. Poyaning yuqori qismidagilari bandsiz 2-3marta patsimon qirqilgan,ipsimon, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, oq rangli, murakkab soyabonga o‘rnashgan bo‘lib, soyaboni 7-15 nurli. Kosachabarglari cheti tishsimon,5 ta,gultojibargi 5 ta, changchisi5 ta, urug‘chi tuguni 2 xonali, pastda joylashgan.Myevasi-sariq yoki qo‘ng‘ir-kulrang qo‘shaloq pistadan iborat. Pishgan myevani 2 bo‘lakka ajratish mumkin, ularni har qaysisida 1 ta dan urug‘ bo‘ladi.Yarimta myevaning ichki tomoni tekis, tashki tomoni 3 ta qovurg‘asi bor, mayda tuklari bor.Myevasining yuqori qismida 5 tishli gulkosachasi va 2 tomonga egilgan urug‘chiustunchalari saqlanib qolgan bo‘ladi.Iyun oyida gullaydi, myevasi avgustoyida pishib etiladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin