Makkajo‘hori -Zea mays L. KukuruzaPoaceae
O‘cimlikning tavsifi.Makkajo‘hori(Zea mays)Boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 1 -3 -5 m ga yetadigan bir yillik o‘t o‘simlik.Poyasi tik o‘suvchi, shoxlanmagan, ichi g‘ovak, bo‘g‘imli. Bargi oddiy, keng lansetsimon bo‘lib,qini bilan poyaga ketma-ket o‘rnashgan, o‘simlik biruyli, gullari bir jinsli. Changchi gullari bitta yoki ikkitadan, oddiy boshoqchalari o‘z navbatida poyaning yuqori qismidaro‘vakto‘pgulda yig‘ilgan bo‘ladi. Barg qo‘ltiqlaridagi so‘ta to‘pgulida urug‘chi gullari joylashgan. Urug‘chilari bitta, ustunchasi ipsimonbo‘lib, uzunligi20sm, yo‘g‘onligi 1mm, uchida onalik tumshuqchasibor.Gulqobiqlari mayda va lodikulalari bo‘lmaydi. Myevasi sariq, oq, qizg‘ish yoki yashil rangli donmyeva.Avgust –sentyabr oylarida gullaydi, myevasi sentyabr –oktyabr oylarida pishadi.
Geografik tarqalishi.Makkajo‘horiningvatani Janubiy Meksika.Qishloq xo‘jaligi ekini hisoblanadi.
Kimyoviy tarkibi.Davolash maqsadida urug‘chi ustunchasidan foydalaniladi. Vitaminlardan K1(1600 1g mahsulotda biologik birlik), S, E, V2, V6, D, karotin, pantogen kislotalar, 2,5 % moy, 0,12% efir moyi, saponinlar, kriptoksantin, inozit, peptozanlar, mikroelementlardan:temir, alyuminiy, marganes, mis, xrom va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi.Makkajo‘horining doni, so‘tasi, poyasi, bargi va ildizlarida inson va hayvon organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalar mavjud. Makkajo‘hori eng syerhosil ovqat, em-xashak, texnika ekini sifatida ekiladi. O‘simlik myevasi pishmasdan oldin urug‘chiustunchasi yig‘ib olinadi va salqinda quritiladi.Preparatlari o‘t haydovchi (xolesistit, xolangit, gepatitlarda)hamda siydik haydovchi (buyrak tosh kasalligida, qovuqda tosh bo‘lganda) va qon to‘xtatuvchi sifatida ishlatiladi.
Burga zubturum-Plantagorsyllium L. Bloщnыy Podorojnik Plantaginaceae. Oʼsimlikning tavsifi. Burga zubturum (Plantagorsyllium) Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasiga mansub, bir yillik oʼt oʼsimlik. Boʼyi 10-40 sm. Poyasi sershox, yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi chiziqsimon, tekis qirrali boʼlib, poyada qarama-qarshi oʼrnashgan. Gullari kalta, sharsimon boshoqchaga toʼplangan. Boshoqcha uzun bandli boʼlib, barg qoʼltigʼidan oʼsib chiqadi. Murakkab gulqoʼrgʼonli boʼlib, gulkosachabargi, gultojibargi hamda changchilari toʼrtadan, urugʼchisi bitta boʼlib, ikkita mevachabargniqoʼshilib oʼsishidan hosil boʼlgan. Gulkosachabargi pushti-qoʼngʼir rangli. Urugʼchi tuguni ikki xonali, tugunchasi ustki. Mevasi ikki urugʼli koʼsak. Urugʼi qayiqchasimon shaklda boʼlib, uzunligi 1,7-2,3 mm, eni 0,6-1,5 mm, ichki tomoni botiq, tashqi tomoni esa qabariq boʼlib, zixi ichiga qayrilgan. Urugʼi yaltiroq va qizil-jigarrangli.Iyun oyida gullaydi, urugʼi avgust oyida pishadi.
Dostları ilə paylaş: |