Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Darmana shuvoq-Artemisia cina Berg. Polыnь sitvarnaya, darmina Asteraceae



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə49/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Darmana shuvoq-Artemisia cina Berg. Polыnь sitvarnaya, darmina Asteraceae
Oʼcimlikning tavsifi. Darmana shuvoq (Artemisia cina)-boʼyi 40-70 sm ga yetadigan yarim buta boʼlib, Murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasiga kiradi. Ildizining uzunligi 1,5-2 m, shoxlangan. Poyasi bir nechta, qizgʼish rangli, tik oʼsuvchi, yuqori qismidan shoxlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon qirqilgan boʼlib, poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, yuqori qismidagi bandsiz barglari poyada navbatlashib joylashgan. Gullari savatchada toʼplangan boʼlib, savatchalari roʼvakni tashkil etadi. Savatchasi juda mayda, tuxumsimon, sariq-yashil rangli boʼlib, uzunligi 2-4 mm, kengligi 1-1,5 mm. Savatcha markazida 3-6 ta ikki jinsli, aktinomorf, naychasimon gullar oʼrnashgan boʼlib, savatcha chetini 10-20 ta cherepitsasimon joylashgan gulbarglar oʼrab turadi.Mevasi-kulrang tusli tuxumsimon pista. Аvgust-sentyabrь oylarida gullaydi, mevasi oktyabrning ikkinchi yarmida pishib yetiladi. Geografik tarqalishi. Tabiiy holda Qozogʼistonning Chimkent viloyatida, Tojikistonning shimoliy tumanlarida tarqalgan. Oʼsimlikni togʼ zonasida, choʼllarda, daryo boʼylarida uchratish mumkin. Bu dorivor oʼsimlik Chimkent viloyatining «Darmana» sovxozida oʼstiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Darmana shuvoq gʼunchalari tarkibida 2,5-7% gacha santonin mavjud. Poya va barglarida esa 1,75-5,4% gacha santonin boʼlib, dorivorlik xususiyatini taʼminlab beradi. Oʼsimlik tarkibida 1,5-3% gacha efir moyi, achchiq glikozidlar, olma va sirka kislotalari uchraydi. Uning efir moyi tarkibida 70-80% sineol, pinen, terpinen, terpineol, kamfora, karvakrol, seskviartemizol va boshqa birikmalar bor. Ishlatilishi. Savatchasi va undan tayyorlangan preparatlar yumaloq gijjalarni tushirish uchun ishlatiladi. Oʼsimlik xom-ashyosi iyulь yoki avgust oyining boshlarida yaʼni, tarkibida santonin moddasi koʼp miqdorda toʼplangan gʼunchalash davrida tayyorlanadi. Santonin yumaloq gijjalarga qarshi samarali taʼsir qiluvchi vosita hisoblanadi. Oʼsimlikdan tayyorlangan darminol tibbiyot amaliyotida ochiq jarohatlarni davolashda ishlatiladi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin