D.A. Trankovskiy usuli bO`yicha changni O`stirish. Ushbu metod D.A. Trankovskiy (1929) tomonidan taklif qilingan bo‘lib, nam kamera hosil qilish uchun
ho‘llangan filtr qog‘ozi ostki va ustki idish devoriga qo‘yiladi. Chang ekish uchun buyum oynasiga yupqa qilib ozuqa muhiti surtilib, chang - mikrospora unga ekiladi va nam kamera o‘rtasiga joylashtiriladi. Ozuqa muhiti sifatida 1 % li agar-agarning 5- 50 % li saxaroza yoki fruktozadagi eritmasidan foydalaniladi.
O.A. Ashurmetov va X.Q. Qarshiboevlar tomonidan takomillashtirilgan usul bO`yicha chang (mikrospora)larni O`stirib O`rganish. O.A.Ashurmetovva
X.Q. Qarshiboev (1995, 2002)lar tomonidan burchoqdoshlar oilasi vakillari changini o‘stirishda quyidagi usul yaxshi natijalar berishi qayd qilingan. Nam kamera hosil qilishda Petri kosachalaridan foydalaniladi. Petri kosachasi tubiga ho‘l filtr qog‘oz joylashtiriladi. Filtr qog‘oz ustiga ikki bo‘lak 0,8-1 sm qalinlikdagi shisha tayoqcha qo‘yiladi. Toza buyum oynasi ustiga 8-10 ta ozuqa tomchilari tomiziladi va unga gul changi qoqiladi. Ozuqa sifatida 1 % li agar-agar eritmasi + 15-35 % li saxaroza eritmasi aralashmasidan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Buyum oynasi ozuqa tomchilari pastga qaratilgan holda shisha tayoqchalar ustiga joylashtiriladi. Natijada ozuqa tomchilari filtr qog‘oz ustiga osilgan holda joylashib, changni o‘sishi uchun nam kamera hosil qiladi. Buyum oynasidagi chang donachasini o‘sgan - o‘smaganligini 20, 40, 60, 90, 120 minut o‘tganda mikroskopda kuzatiladi va chang donachasinig fertillik % i to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Changdonachasiningfertilliginiatsetokarminmetodibilananiqlash. Buyum oynasi ustiga gul changi qoqiladi. Uning ustiga bir tomchi atsetokarmin eritmasi tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Buyum oynasi spirt chirog‘ida ozroq qizdiriladi. Qizdirish chog‘ida atsetokarmin eritmasi qaynab ketmasligi kerak. Buyum oynasi mikroskopning kichik ob‘ektivida o‘rganiladi. Odatda fertil chang donachalari to‘q qizg‘ish-qo‘ng‘ir ranga bo‘yaladi, steril changlar juda och yoki umuman bo‘yalmaydi. Buyum oynasining turli joylarida 3-5 ta ko‘rish maydonidagi changlar o‘rganilib, fertil va steril chang donachalarining o‘rtacha soni aniqlanadi. Olingan ma‘lumotlar jadvalga to‘ldiriladi (13- jadval).
j