Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə36/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Sutkalik gullash maromi. Sutkalik gulning ochilish ritmi o‘rganilayotganda o‘simlik gulining qanday vositalar (avtogamiya, ksenogamiya, geytenogamiya, kleystogamiya, anemofiliya, entomofiliya, gidrofiliya va boshq.) yordamida changlanishi jarayonini o‘rganish ham muhim rol o‘ynaydi.
Agar o‘simlikda hasharotlar - entomofiliya, yordamida changlanish jarayoni amalga oshayotgan bo‘lsa, changlatuvchi hashoratlarning turi va turkumi aniqlanadi.
Bundan tashqari hashoratlarni jalb qiluvchi guldagi nektardonlar soni, nektar miqdori (bu bilan o‘rganilayotgan o‘simlikning asal-shiraga boy yoki boy emasligi, 1 ga maydondagi shu tur o‘simlikdan qancha miqdorda asal olish mumkinligi aniqlanadi:
1 ga yantoqdan 35-40 kggacha, 1 ga bedadan 100 kggacha, 1 ga ko‘pnikohli qoraboshdan 50-60 kggacha, 1 ga soyachil karrakdan 30-40 kggacha asal shira olinishi mumkinligi botanik olimlar tomonidan o‘simliklarni gullash biologiyasini o‘rganishlari natijasida aniqlangan) va nektardonning tuzilishi ham tadqiq qilinishi talab etiladi.
O‘simlikning sutkaviy gullash maromini aniqlash uchun belgilangan 10 ta o‘simlikda 3 kun davomida ertalab soat 6:00 dan to keyingi kun soat ertalabki 6:00 gacha har ikki soatda ochilgan gular sanab boriladi. Olingan natijalar maxsus jadvalga qayd qilinadi. Masalan Cousinia aurea Winkl o‘simligida quyidagi natijalar olindi (11-jadval).

Cousinia aurea Winkl ning sutkalik gullash ritmi

    1. jadval

Kun

Soatlar
6 8 10 12 14 16 18 20 22 24 2 4 6

Jami

25.05.20
26.05.20


27.05.20

28.05.20
29.05.20


30.05.20

31.05.20
01.06.20


02.06.20

  1. o‘simlik

0 0 3 11 17 21 27 23 3 0 0 0 0 0
0 0 1 9 15 19 25 21 5 0 0 0 0 0
0 0 5 13 16 27 31 24 5 0 0 0 0 0

  1. o‘simlik

0 0 0 8 13 16 19 22 18 1 0 0 0 0
0 0 2 6 10 15 23 29 26 5 0 0 0 0
0 0 0 7 15 24 31 37 28 11 3 0 0 0

  1. o‘simlik

0 0 3 11 15 27 36 31 19 5 1 0 0 0
0 0 7 13 11 21 24 18 12 3 0 0 0 0
0 2 3 5 9 12 15 17 9 1 1 0 0 0

105
95


121

97
106


156

148
109


74

Jadvaldagi ma‘lum bir soatlarda ochilgan gular soni aniqlanib qo‘shilgach, tajriba o‘tkazilgan kunlar soniga bo‘linib, Cousinia aurea o‘simligida shu soatda qancha gul ochilganligini aniqlash mumkin. Olingan natijalar asosida karrakning sutka davomida gullash ritmi grafigini tuzish mumkin. Grafikda gullashning borish jarayoni bilan birga havo haroratini (t0C), nisbiy namlik (%) va hattoki asal beruvchi o‘simlik bo‘lsa, hashoratlarning kelib – ketish jadalligini ham ko‘rsatish mumkin. Havo harorati va nisbiy namlik Assman psixrometri yordamida o‘lchab aniqlanadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin