Gulning qaysi vositalar (avtogamiya, ksenogamiya, geytenogamiya, kleystogamiya, anemofiliya, entomofiliya, gidrofiliya va boshq.) yordamida changlanish jarayoni amalga oshishini o‘rganish gul biologiyasida muhim rol o‘ynaydi.
O‘rganilayotgan o‘simlikning qanday va qaysi yo‘l bilan changlanishi uning sistematikasini, turi va turkumini aniqlash imkonini beradi. Agar o‘simlik hashoratlar (entomofiliya) yordamida changlanish jarayonini amalga oshirsa, hasharotlarning turi va turkumi aniqlanadi. Bundan tashqari hashoratlarni jalb qiluvchi guldagi nektardonlar soni va tuzilishini ham tadqiq qilish talab etiladi.
Guldagichang(mikrospora)donachalariningsterilyokifertilliginianiqlash. Guldagi chang – mikrospora donachalari sterilligi (urug‘lantirishga qodir emasligi), yoki fertilligi (urug‘lantirishga qodirligi) laboratoriya sharoitida changni sun‘iy ozuqa muhitida – glyukoza yoki fruktozaning agar-agardagi turli foizlardagi eritmasida ekish orqali yani Van-Tigem kamerasida o‘stirish, yoki mikrosporalarni hayotchangligini ko‘rsatuvchi turli kimyoviy vositalar, kaliy yodid eritmasi, yoki atsetokarmin va boshqa fermentlarda botirib mikroskop ostida o‘sgan yoki bo‘yalgan mikrosporalarni ko‘rish maydonchalarida sanash va foizini chiqarish orqali yoki kimyoviy moddalarda mikrosporalarning to‘q yoki och rangda bo‘yalishiga qarab, sanab chiqib amalga oshiriladi.