Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə13/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Dorivor amaliy qismi (0)

Nashasimon kendir (Apocynum cannabinum) kendirdoshlar — Apocynaceae oilasiga kiradi. Nashasimon kendir ko’p yillik, bo’yi 1—1,5 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildiz sistemasi yer ostida juda kuchli tarakqiy etgan bo’lib, o’simlikning vegetativ ko’payishida katta ahamiyatga ega. Yer ostida ildizning yuqori qismidan turli tomonga yo’nalgan hamda gorizontal joylashgan yer ostki yotiq novdalar — stolonlar chiqadi. Stolonlar ma’lum yerda yer ustki poya va ildizlar hosil qiladi. Natijada kendir o’simligi bir-biri bilan yer ostida chatishib, bir necha gektarga tarqalib ketadi.
Poyasi tik o’suvchi, yashil yoki to’q qizil rangli bo’lib, qarama-qarshi shoxlangan. Bargi oddiy, lansetsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali, tuksiz poyada qisqa bandi bilan qarama-qarshi, ba’zan ketma-ket o’rnashgan. Gullari ro’vaksimon qalqonga to’plangan. Gulkosachasi chuqur besh bo’lakka qirqilgan, gultojisi pushti yoki oq, silindrsimon-qo’ng’iroqsimon bo’lib, yarmisiga qadar besh bo’lakka qirqilgan. Otaligi 5 ta, onaligi ikkita meva bargidan tashkil topgan. Mevasi — pishganda ochiladigan bargcha.
Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Bu o’simlik yovvoyi holda Shimoliy Amerikada o’sadi. Moskva viloyati, O’zbekistonda (Toshkent viloyatida) o’stiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,8% gacha yurak glikozidlari, tanin, kauchuk, oz miqdorda alkaloidlar, organik kislotalar, triterpen (oleanol kislota, amirin, lupeol va boshqalar) hamda boshqa birikmalar bo’ladi.

Ildizpoya va stolonidan 0,17—0,50% gacha simarin (gidrolizlanganda simaroza kandigav va strofantidin aglikoniga parchalanadi), apokannozid, sinokannozid, 0,33% gacha K-strofantin-b va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Urug’ida 0,35%, bargida esa kam miqdorda yurak glikozidlari bor.


Dorivor preparatlari. Simarin standart.
Ishning borishi:
1-amaliy ish: Ortosifon o’simligining preparati siydik haydovchi vositasi sifatida buyrak (buyrak tosh kasalligi) hamda xoletsistit va yurak glikozidlari bilan birgalikda yurak kon tomiri sistemasining II - III darajali kasalliklarida ishlatiladi.
2-amaliy ish: Nashasimon kendir o’simligining preparatlari yurak kasalliklarida (qon aylanishining II va III darajali buzilishida) ishlatiladi. Bu o’simlik preparatlarini chet mamlakatlardan keltiriladigan strofant o’simligi preparatlari o’rnida ishlatish tavsiya etilgan.

Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin