DAVLAT BUDJETINING XARAJATLARI VA DAROMADLARI Budjet kamomadi – dav-
lat budjetining xarajatlari
daromadidan ko‘p bo‘lgan
holdagi xarajatlar va daromadlar
orasidagi farq.
Budjet profitsiti – davlat
b u d j e t i d a r o m a d l a r i n i n g
xarajatlaridan ko‘p bo‘lgan
holdagi daromadlar va xarajatlar
orasidagi farq.
Davlat qarzi — yillar
davomida yig‘ilib qolgan budjet
kamomadining jami miqdori.
1. O‘zbekiston Respublikasining 2012- yilgi davlat budjeti daromad qismining
har bir bandini foizlarda ifodalang va doiraviy diagrammada tasvirlang.
2. Davlat budjeti daromad qismining asosiy manbalarini aniqlang.
3. Davlat budjeti xarajat qismining har bir bandini foizlarda ifodalang va
doiraviy diagrammada tasvirlang.
4. Davlat budjetidan eng ko‘p mablag‘ qaysi sohaga sarflanayapti?
5. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlarini o‘zaro taqqoslang. 2012-
yilda budjet xarajatlari daromadidan qanchaga kam bo‘lgan?
O‘zbekiston Respublikasining 2012- yilgi davlat budjetining bajarilishi Daromadlar qismi (mlrd. so‘m hisobida) Daromad manbalari Miqdori Bevosita soliqlar 5414,2
Bilvosita soliqlar 10434,2
Mulk solig‘i va resurs to‘lovlari 3312,5
Boshqa daromadlar 2134,4
Jami daromadlar 21295,7
Xarajatlar qismi (mlrd. so‘m hisobida) Ijtimoiy soha va aholini himoya qilish 12299,9
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun mablag‘lar va grantlar 6,0
Iqtisodiyot 2317,0
Markazlashtirilgan investitsiyalar 1131,7
Davlat boshqaruvi 852,8
Boshqa xarajatlar 4274,6
Jami xarajatlar 20882,0
1. Davlat budjeti nima va u nima uchun kerak?
2. Davlat budjetining daromad qismi manbalarini sanang. Bu daromadlar qanday
maqsadlarga ishlatiladi?
3. Davlat budjetining xarajat qismi, daromad qismidan ko‘p bo‘lsa nima bo‘ladi?
Kam bo‘lsa-chi?
4. Budjet kamomadini kamaytirishning qanday yo‘llari bor?
5. Davlat qarzi nima? Uning qanday ko‘rinishlari bor?