5-bo‘limda
bitta maqsad
– davlat boshqaruv idoralarining o‘zgartirilishi belgilangan. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun davlat va xo‘jalik vazifalarining ajratilishi,
qayta ishlab chiqarish vositalarining markazlashtirilishi, foydani konsentratsiya-
lashtirish ulushini belgilanishi ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari, rahbarlar-
menejerlarni kontrakt tizimi bilan qamrab olish darajasini, mehnatga haq
to‘lashni differensiyalash darajasini belgilash ko‘zda tutiladi.
Va nihoyat
6-bo‘lim
–
tashqI iqtisodiy faoliyatning faollashtirilishi.
Unda quyidagi
uchta maqsadga
erishishi ko‘zda tutiladi:
1) tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
soniga va davlat hamda nodavlat tuzilmalaridagi tovar almashish hajmlarin-
ing nisbatiga bog‘liq bo‘lgan tashqi savdoni erkinlashtirish;
2)
Xom-ashyoni eksport qilishdan tayyor mahsulotni eksport qilishga
o‘tish.
Eksportning tuzilmasi (tarkibi) tayyor mahsulotni eksport qilish sur’ati –
bu maqsadning
ko‘rsatkichlaridir
.
89
3)
Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalanish
. Buning uchun mahsulotni
sotishning eksport qilishni, MDH mamlakatlarga chiqarishni, respublikada
foydalanishni aniqlab beradigan tuzilma ma’lum bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, tashqi tovar aylanmasini o‘sish sur’atlari, tuzilgan
savdo shartnomalarining soni, xorijiy Investitsiyalar hajmi, qo‘shma korx-
onlarning miqdori ham ma’lum bo‘lishi kerak.
Nazorat savollari
1. Iqtisodiy nazariya va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
qanday?
2. Iqtisodiy siyosatning asosiy vazifalarini shakllantirib bering.
|