Iqtisodiyot asoslari


-bo‘limda 5 ta maqsad belgilangan



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
iqtisodiyot asoslari

1-bo‘limda 5 ta maqsad belgilangan. 
Asosiy maqsad raqobat
 
muhitini 
yaratishdir. Qayta tashkil etishni ko‘rsatkichlari sifatida tarmoqning, korx-
onaning monopollashtirilish darajasi, xususiylashtirilgan, korxonalarning 
soni va ulushi, xodimlar soni, mahsulotning hajmi hamda ulushi aytib 
o‘tiladi. Qishloq xo‘jaligiga taalluqli ko‘rsatkichlar: fermerlar soni, ularga 
qarashli yerlarning umumiy maydoni, mahsulotning hajmi, qayta tashkil 
etilgan davlat xo‘jaliklari va chorvachilik majmualari soni keltiriladi. 
Bu bo‘limning 
ikkinchi maqsadi
– narxlarni erkinlashtirishdir. Ushbu 
maqsadning 
ko‘rsatkichlari
sifatida esa bozor baholari va qayd qilingan 
narxlarda sotiladigan mahsulot tuzilmasi, mahsulotning chakana narxlarin-
ing ulgurji narxlaridan oshiqcha foizlari, mahsulotning ichki narxlarining 
jahon narxlariga nisbatan chiqariladi. 
Uchinchi maqsad
sifatida 
resurslarni qattiq
taqsimlash ulushini qis-
qartirish
belgilangan. Bu maqsadning 
ko‘rsatkichlariga:
ishlab chiqarish 
vositalarining, tovar resurslarining birjalar, savdo uylari va bozorning 
boshqa tuzilmalari orqali sotilgan ulush, davlat idoralari orqali yetkazib ber-
ish ulushi kiradi. 
To‘rtinchi maqsad
– bu kapitalni qo‘lga kirita olishdir. U nodavlat 
sektoriga ajratiladigan kreditlar ulushi, foizlar darajasi, mulk shaklining turli 
xili bo‘yicha kreditlarning qaytarilish muddatlari, davlat subsidiyalarining 
hajmlari bilan xarakterlanadi. 
Nihoyat ushbu bobning 
beshinchi maqsadi
axborot-huquqiy xizmat 
bozorini rivojlantirishdir.
Bunda polsalting (ishlab chiqaruvchilarga, xari-
dorlarga sotuvchilarga iqtisodiy tashkil qilish masalalari bo‘yicha masla-
hatlar berish) auditorlik (xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
hisobotlarini tahlil va mustaqil ekspertiza qilish), lizing (kapital 
qo‘yilmalarni asosiy fondlarga moliyalashtirish) va boshqa xizmat turlarini 
ko‘rsatuvchi tashkilotlarning soni haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin