iste’molchi
budjetining cheklanganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet
cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida
narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan
miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining
cheklanganligini
grafikda
ikki
turdagi
tovarni
sotib
olishning
turli
kombinatsiyalarini koʻrsatuvchi
budjet chizigʻi
shaklida ham aks ettirish mumkin.
Iste’molchi budjeti chizigʻining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining
oʻzgarishi ta’sir koʻrsatishi mumkin.
9-rasm. Budjet chizigʻi
Agar barcha daromad A tovarni sotib olishga sarflansa, narxlarning mavjud
darajasida iste’molchi uning K nuqtaga teng boʻlgan miqdoriga ega boʻladi, bunda
u B tovarning biror donasini ham xarid qila olmaydi. Boshqa shunday vaziyat yotiq
oʻqning M nuqtasida aks etadi.
K va M nuqtalarni bogʻlovchi chiziq budjet cheklanganligini ifodalaydi. Narx
va daromadlarning mavjud darajasida iste’molchi ikki tovarning budjet chizigʻi
tashqarisidagi har qanday uygʻunlashgan miqdorini xarid qila olmaydi.
Iste’molchi tovarlarni xarid qilishning muvozanati nuqtasi mavjud
cheklangan daromadlar darajasida mumkin boʻlgan maksimal naflilikni ifodalaydi.
Muvozanatli nuqtaga erishgach iste’molchi oʻz xaridining tarkibini
oʻzgartirishga har qanday ragʻbatni yoʻqotadi, chunki bu naflilikning yoʻqotilishini
bildiradi.
Shunday qilib, iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi
budjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi
iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning
muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini
sotib olish imkoniyati orqali ifodalanad
8
. Iste’molchi budjetining cheklanganligini
grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini koʻrsatuvchi
budjet chizigʻi shaklida ifodalanadi.
Iste’molchi budjeti chizigʻining holatiga uning daromadlari va tovarlar
narxining oʻzgarishi ta’sir koʻrsatishi mumkin. Misol uchun, iste’molchi
daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik B tovar sotib olish
mumkin boʻlsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin boʻlgan har ikkala tovarning turli
kombinattsiyalari G budjet chizigʻida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2
barvar oshsa, u holda uning budjet chizigʻi ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi.
8
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362, 372 бет
|