Ehtiyojlarning oʻsib borishi qonuni
– ehtiyojlarning miqdoran oʻsib, sifat
jihatidan takomillashib borishi.
Iqtisodiy resurslar
– tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlarida
foydalanish mumkin boʻlgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Ishlab chiqarish
– kishilik jamiyatining mavjud boʻlishi va rivojlanishi
uchun zarur boʻlgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
Taqsimot
– ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli
qism va sub’ektlari oʻrtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash
– jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat
turlari yoki ishlab
chiqarish natijalari boʻyicha oʻzaro almashish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: