Iqtisodiyot va biznes


MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1. Muqobil xarajat nima? Bu ibora iqtisodiyot tushunchasi bilan qanday 
bogʻliqlikka ega? Berilgan qaysi qarorlardan biri eng yuqori muqobillikni oʻziga 
qamrab oladi? Toshkent shahrining qoq oʻrtasida joylashgan kvadrat shakldagi yer 
maydondan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qulmi yoki xuddi shu maydondan 
shahar chetidagi muayyan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qulmi? Javobingizni 
tushuntirib bering. 
2. Yaqin kun ichida oʻzingiz duch kelgan marjinal foyda va marjinal xarajat 
bilan aloqador boʻlgan uchta misol keltiring. 
3. Iqtisodiy resurslar nimalardan iborat? Ularni tasniflashda iqtisodchilar 
qanday kategoriyadan foydalanadilar? Nima sababdan mahsulot ishlab chiqarish 
omillari ham resurslar deyiladi? Nima uchun ular xarajatlar deb nomlanadi? 
4. Quyidagi tovarlarning qaysi juftliklarini bir-birini toʻldiruvchi, oʻrnini 
bosuvchi yoki mustaqil tovarlar deb tasniflagan boʻlar edingiz: mol goʻshti, ketchup, 
barra goʻsht, sigaret, saqich, tovuq goʻshti, radio, televideniye, avia sayohat
avtobusda sayohat, taksilar va jurnal? Natijada boshqa tovar narxi koʻtarilganda bitta 
tovarga talab egri chizigʻining oʻzgarishini tasvirlang. Daromadning oʻzgarishi 
samolyotga talab egri chizigʻiga qanday ta’sir qilishi mumkin? Avtobusda sayohat 
qilish uchun talab egri chizigʻi? 
6. Iste’molchilarning filmlarni tomosha qilishga nisbatan profitsitini qanday 
tasavvur qilishimiz mumkin:
a)
Oʻtgan yili qancha film tomosha qildingiz? 
b)
Oʻtgan yil davomida filmlarni tomosha qilish uchun qancha harajat 
qildingiz? 
c)
Oʻtgan yili filmlarni koʻrish uchun maksimal qancha harajat qilishga 
tayyor edingiz? 
d)
C javobdan B javobni ayiring, bu sizning filmlar iste’moli boʻyicha 
profitsitingiz 
4. Aholi daromadlari ortib borgan sari ularning birlamchi iste’molga moyilligi 
ortib boradimi yoki jamgʻarishgami? Fikringizni misollar bilan asoslab bering.
5. Engel qonuni va Giffen samarasiga izoh bering va uni grafik orqali misollar 
bilan tushuntiring. 
6. Iste’molchi xatti-harakatining asosida qanday tamoyillar yotadi? 


7. Faraz qilaylik, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A 
tovar yoki 10 birlik B tovar sotib olish mumkin boʻlsin. Birdaniga sotib olinishi 
mumkin boʻlgan har ikkala tovarning turli kombinattsiyalari G budjet chizigʻida 
joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning budjet 
chizigʻi qanday koʻrinishda siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, budjet 
chizigʻining qanday siljishiga olib keladi? Buni grafik orqali izohlab bering. 
8. Daromad samarasi va oʻrnini bosish samarasiga misol keltiring. Ushbu 
grafik qanday munosabatni izohlaydi? 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin