Iqtisodiyot va biznes



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

taqchil resurslar
deb ataladi.
Iste’mol
– ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi jarayoni.


Iste’molchi hulqi
– bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning 
shakllanish jarayonidir. 
Iste’molchining afzal koʻrishi
– iste’molchi tomonidan oʻzi uchun turli 
tovarlarning naflilik darajasining baholanishidir. 
Naflilik
– sub’ektiv qoniqish ya’ni tovar (xizmat) ni iste’mol qilishdan 
koʻriladigan naf. 
Keyingi naflilik
(margial utility)– muayyan ne’matning navbatdagi birligini 
iste’mol qilishdan olingan qoʻshimcha naflilik. 
Umumiy naflilik
(total utility) – soʻnggi qoʻshilgan naflilik koʻrsatkichlarini 
jamlash orqali aniqlanadi.
Befarqlik egri chizigʻi
–iste’molchi uchun A va B tovarlarning u yoki bu teng 
qiymatli toʻplamini aks ettiruvchi nuqtalarning geometrik joylashishi. 
Befarqlik xaritasi
– naflilik darajasi boʻyicha bir-biridan farq qiluvchi farqsiz 
egri chiziqlar yigʻindisi. 
Oʻrnini bosish samarasi
– bunda bir tovar narxi oʻsganda xaridor uchun 
oʻrnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon boʻlib qoladi hamda u ancha qimmatli 
tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi. 
Daromad samarasi
– narx oʻzgarishi oqibatida iste’molchi pul daromadi 
xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning oʻzgarishi. 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering. 
4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish 
insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi? 
5. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy 
qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon boʻladi? 
7. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu 
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang. 
8. Iste’molchining afzal koʻrishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir 
koʻrsatadi?
9. Befarqlik egri chizigʻi nimani ifodalaydi? Ularning iste’molchi xatti-
harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
10. Iste’molchi budjeti chizigʻiga narx va daromaddagi oʻzgarishlar qanday 
ta’sir koʻrsatadi? 
11. Muqobil tanlov va uning shartlariga izoh bering. 
12. Iste’molchi hulqi qanday tamoyillarga asoslanadi? 
13. Naflilikni aniqlashga doir ikki xil yondashuvga izoh bering. 
14. Iste’molchilar oz nafligini maksimal qondirishlari uchun daromadlarini 
qanday sarflaydilar? 
15. Daromad va tovar narxi iste’molchilar tanloviga qanday ta’sir koʻrsatadi? 
16. B efarqlik egri chiziqlari nima uchun xech qachon kesishmaydi? 
17. Iste’molchilar qaroriga qanday omillar ta’sir ko‗rsatadi? 


18. Umumiy naflik qachon maksimum holatga erishadi? 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin