Iqtisodiyot va biznes


-rasm. Daromad oʻzgarishining budjet chizigʻiga ta’siri



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

 
10-rasm. Daromad oʻzgarishining budjet chizigʻiga ta’siri 
Aksincha, daromadning kamayishi, budjet chizigʻining ham qisqarishiga va 
G2 holatiga siljishiga olib keladi.
 
4.4. Oʻrnini bosish va daromad samarasi 
Bozorda tovarlar narxi hamda iste’molchi daromadlari darajasi oʻzgarib 
turadi. Iste’molchining narx oʻzgarishiga ta’sirchanligi 
oʻrnini bosish samarasi
deyiladi. Bunda bir tovar narx oʻsganda xaridor uchun oʻrnini bosuvchi boshqa tovar 
nisbatan arzon boʻlib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar bilan 
almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyogʻ shunday oʻrnini bosuvchi tovarlar 
hisoblanadi. Ulardan biriga narxning oʻsishi boshqasining xarid qilinadigan miqdori 
ortishi bilan birga boradi.
Daromad samarasi
narx oʻzgarishi oqibatida iste’molchi pul daromadi xarid 
qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning oʻzgarishidir. Daromad 
samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil oʻringa ega boʻladi.
Iste’molchi tanlovini oʻrganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga 
oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan budjetdan toʻliq foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma’lum olingan tovarning narxi oʻzgarsa, u budjet chizigʻiga ikkala turdagi 
oʻzgarish orqali ta’sir qiladi. Bu daromad samarasi va oʻrnini bosish samarasi. Agar 
ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda budjetimizning real qiymati 
pasayadi, natijada iste’molchi nominal qiymati oʻzgarmagan xuddi shu budjet 
darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu budjet chizigʻi 
chap tarafga parallel ravishda koʻchib oʻtib, Qa1 Qb1 toʻgʻri chizigʻi shaklini oladi. 
Bu narx oʻzgarishining daromad samarasi deyiladi. Ammo narx oʻzgarishi natijasida 
oʻrnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi va ikkala tovarlarning 
nafliliklari oʻzgarmay turib V tovarning narxi oshishi uning narxiga nisbatan soʻnggi 
qoʻshilgan nafliligini kamaytiradi va iste’molchi oʻz tanlovini A tovarga tomon 
oʻzgartiradi. Bu esa budjet chizigʻining oʻzgarishiga olib keladi va iste’molchi 


daromadi darajasini oʻzgartirmagan holatda Qa1 Qb1 budjet chizigʻi Qa0 Qb2 
toʻgʻri chizigʻi shaklini oladi. Bu narx oʻzgarishining oʻrnini bosish samarasi 
deyiladi
9
.
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor oʻsgan real 
daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste’molini koʻpaytirishga sarflaydi, ya’ni 
oʻrnini bosish va daromad samarasi bir xil yoʻnalishda ta’sir koʻrsatadi.
Daromad samarasi koʻp darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar
tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan oʻz oʻrniga ega boʻladi. 
Mazkur tovarlar uchun sarflar iste’molchi budjetining sezilarli qismini tashkil qiladi, 
shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta boʻlmaydi. 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin