keladi. Jadval ma’lumotlarini grafikka joylashtirib, keyingi va umumiy
naflilikning
koʻrgazmali tasvirini hosil qilish mumkin.
7-rasm. Umumiy va keyingi qoʻshilgan naflilik egri chiziqlari
7
Keyingi qoʻshilgan naflilikning grafik tasviri iste’molchi
aynan olingan bir
tovarning qoʻshimcha birligidan kamayib boruvchi naflilikka ega boʻlishini aniq
koʻrsatadi. Umumiy naflilik (TU) egri chizigʻi bir turdagi tovarning eng oxirgi
birligidan iste’molchi salbiy samarali naf koʻrishi oqibatida bu turdagi naflilik ham
pasayib borishini koʻrgazmali aks ettiradi. Iste’molchi biron bir tovarning keyingi
iste’mol qilingan birligidan kamroq qoʻshimcha nafga ega boʻlishi sababli, u aynan
shu tovarning navbatdagisini narxi tushgan taqdirdagina sotib oladi. Bu esa naflilik
egri chizigʻining pasayib borish tavsifiga ega boʻlishini bildiradi.
Biron-bir
tovarning (x) keyingi qoʻshilgan naflilik (
𝑀𝑈
𝑥
) ni miqdoriy jihatdan quyidagicha
ifodalash mumkin:
(
𝑀𝑈
𝑥
) =
∆𝑇𝑈
𝑥
∆𝑄
𝑥
Bu yerda,
∆𝑇𝑈
𝑥
- ortib borgan umumiy naflilik
∆𝑄
𝑥
- iste’mol qilingan ne’matning koʻpaygan miqdori.
Keyingi va umumiy naflilikni bir-biri orqali ifodalash mumkin.
Umumiy
naflilik iste’mol qilingan biron-bir ne’matning keyingi nafliliklari yigʻindisi:
𝑇𝑈
𝑛
=
𝑀𝑈
1
+
𝑀𝑈
2
+
𝑀𝑈
𝑛
Keyingi naflilik esa umumiy yoki qoʻshimcha naflilikning oʻsgan qismi
𝑀𝑈
𝑛
=
𝑇𝑈
𝑛
-
𝑇𝑈
𝑛−1
Iste’molchi qandaydir tovarning navbatdagi birligini (portsiya, qismi, kg,
dona va h.k.) iste’mol qila borib, har bir navbatdagi
birligidan kamayib boruvchi
7
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 361бет.
qoniqish oladi. Buning sababi shuki iste’molchi aynan bir tovarga asta-sekin
toʻyinib, pirovardida uning qoniqishi oʻzining oxirgi chegarasiga etadi. Boshqacha
aytganda mazkur tovarning keyingi nafliligi uni iste’mol qilish hajmi ortib borishi
bilan kamayib borish tamoyiliga ega boʻladi. Bu keyingi (qoʻshilgan) naflilikning
pasayib borish qonuni deb nom olgan. Agar iste’molchiga tamadi qilingan biror
ovqatning birinchisi 10 «yutil (naflilik oʻlchovi)»
naf keltirsa, ikkinchisi -7,
uchinchisi -4 va toʻrtinchisi faqat 1 ga teng shunday naf keltiradi.
Iste’molchi uchun har bir keyingi iste’mol qilinadigan tovardan kamroq
qoʻshimcha naflilik olishi sababli u aynan shu tovarning navbatdagi
birligini narxi
tushsagina sotib oladi. Bu esa talab egri chizigʻining pasayib boruvchi koʻrinishda
boʻlishini taqozo etadi. Iste’molchi narxlarning mavjud darajasida va mablagʻlari
cheklanganligidan kelib chiqib tanlangan tovar (xizmat)laridan yuqori naf olishni
hohlaydi. Iste’molchi
ratsional harakat qiladi, shu sababli u sub’ektiv sezgilariga
asoslanib xarid qilinadigan mahsulotlar toʻplamini naflilikning oʻsishini
ta’minlaydigan darajaga etgunicha oʻzgartiradi.
Dostları ilə paylaş: