Suv va brilliant paradoksi A.Smit oʻz davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni yecha olmagan.
Xususan bizning yashashimiz uchun muhim, demakki nafliligi juda baland boʻlgan
narsalarning narxi ancha past, aksincha biz uchun unchalik muhim boʻlmagan,
nafliligi kam boʻlgan narsalarning narxi esa baland boʻlishini tushuntirib bera
olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland ammo narxi past, brilliantning narxi
juda baland lekin nafliligi juda past. Bu paradoksning yechimi shundaki, suv taklifi
unga boʻlgan talabga nisbatan ancha koʻp, shuning uchun narxi past. Brilliantlarni
ishlab chiqarish qiyin boʻlganligi sababli uning taklifi unga boʻlgan talabga nisbatan
kam. Shuning uchun uning narxi baland. Suvning oxirgi birligining soʻnggi
qoʻshilgan nafliligi juda ham past. Brilliantniki esa baland. Ammo bu uning umumiy
nafliliklari ham shu nisbatda boʻladi degani emas. Aslida, suvning umumiy nafliligi
biz uchun juda ham baland, faqatgina uni koʻp miqdorda iste’mol qilganimiz
uchungina uning soʻnggi qoʻshilgan nafliligi brilliantnikidan pastga tushib ketadi.
Brilliantning narxi baland boʻlganligi sababli uni kam iste’mol qilamiz va shuning
uchun uning umumiy nafliligi kam
3
.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati soʻnggi qoʻshilgan naflilik
nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya
yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal koʻrishi qoidalari
bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi oʻlchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-
bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Iste’molchi 2
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375 p.
3
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 366 бет