Iqtisodiyot va biznes


Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻi



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻi
bu iqtisodiyotda mavjud 
boʻlgan barcha resurslardan foydalangan holda toʻliq ish sharoitida yaratilishi 
mumkin boʻlgan bir nechta tovarlarni (tovarlarni yoki xizmatlarni) maksimal 
darajada ishlab chiqarishning turli xil kombinatsiyalarini aks ettiruvchi egri chiziq. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari modeli jamiyat oʻzining taqchil resurslaridan 
va mahsulot hamda xizmatlarning ma’lum turlaridan ishlab chiqarishda foydalanadi. 
Ishlab chiqarishning tarkibiy 
tuzilishi
Nomoddiy ishlab chiqarish
Moddiy ishlab chiqarish
Moddiy 
ne`matlarni 
ishlab 
chiqarish 
Moddiy 
xizmatlar 
ko`rsatish 
Nomoddiy 
xizmatlarni 
ko`rsatish 
Nomoddiy 
ne`matlarni 
ishlab 
chiqarish 
Xizmat ko`rsatish sohasi 


U oʻzi duch keladigan muqobil tanlovlarni makroiqtisodiy ishlab chiqarish 
imkoniyatlari modeli orqali tushuntirish mumkin. Masalaga oydinlik kiritish uchun 
keling quyidagilarga e’tiborni qaratamiz:
-
Toʻliq bandlik
. Resurslardan toʻliq foydalanish bilan iqtisodiyot oʻzining 
imkoniyatlaridan toʻliq foydalanadi.
-
Oʻzgarmas resurslar
mahsulot ishlab chiqarishdagi omillarning miqdori 
va sifati ozgarmasdir.
-
Oʻzgarmas texnologiya
, texnologiyaning holati oʻzgarmasdir.
-
Ikkita mahsulot
, aytaylik iqtisodiyot faqat ikki xildagi mahsulotni ishlar 
chiqarmoqda: tegirmon va non. Tegirmon kapital tovarlarini anglatadi, ya’ni 
shunday tovarlarki, iste’mol tovarlarini samaraliroq tarzda ishlab chiqarish orqali 
inson ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlardir. 
5-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻi 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻi ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
koʻrsatuvchi egri chizigʻida ham aks ettirilgan. Bunday egri chiziq jamiyat 
iqtisodiyot oʻzining toʻliq bandlik holatidagi ishlab chaqara oladigan xizmat va tovar 
turlarining turlicha kombinatsiyalarini ask ettiradi, basharti oʻzgarmas texnologiya 
va zahiralar manbayi mavjud boʻlsa. Ishlab chiqarish imkoniyatlarini koʻrsatuvchi 
grafikdagi har bir nuqta ikki tovarning ba’zi maksimal koʻrsatkichlarini ifoda qiladi. 
Egri chiziq ‘chegaralangan”, chunki u ehtimoliy koʻrsatkichlarning chegarasini 
koʻrsatadi. Iqtisodiyot hamma resurslardan foydalanar ekan, egri chiziqdagi nuqtalar 
ehtimoliy boʻlib qolaveradi. Chiziq ichkarisidagi nuqtalar ham ehtimoliydir, lekin 
ular kamroq umumiy ishlab chiqarishni ifodalab, yoydagi bizga kerakli nuqtalar kabi 
muhim emas. Yoy ichidagi nuqtalar agar iqtisodiyot oʻzining barcha resurslaridan 
toʻliq foydalansa, koʻproq kapital va iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 
mumkinligini koʻrsatadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining egri chizigʻidan 


tashqarida turgan nuqtalar, masalan W nuqta, yoydagi istalgan nuqtada ishlab 
chiqarish koʻrsatkichidan kattaroq koʻrsatkichni ifoda qilgan boʻlar edi.
Iqtisodiyotda resurslarning toʻla bandligi va 
ulardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun 
har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab 
chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻi deb 
nomlanuvchi ABCDE chizigʻida joylashgan 
boʻlishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda 
joylashgan har qanday nuqta resurslardan toʻliq 
foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi 
G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona non va 5 ming donaga yaqin tegirmon ishlab 
chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan 
darajasida, qoʻshimcha resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga 
oshirish imkoniyati mavjudligini koʻrsatadi: 
a) non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tegirmon 
ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish; 
b) tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non 
ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish; 
c) bir vaqtning oʻzida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻidan tashqarida joylashgan har 
qanday nuqtaga (masalan W) resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning 
mavjud texnologiyasi darajasida erishib boʻlmaydi. 
Jamiyat bu mahsulotlar uygʻunlashuvidan birortasini tanlashi zarur: koʻproq 
tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga 
toʻgʻri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil ishlab 
chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Biz iqtisodiyot resurslarning toʻliq bandligi va ishlab chiqarishning toʻliq 
hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. Agar band boʻlmagan resurslar boʻlsa yoki 
resurslari samarasiz foydalanilsa (toʻliq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda 
koʻrsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va 
bu chizmada keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizigʻining ichida 
joylashgan boʻlar edi.
Agar resurslarning miqdori va sifati hamda texnologiya oʻzgarsa iqtisodiyotda 
ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri 
chizigʻining holati) oʻzgaradi. Mavjud resurslarning koʻpayishi har bir variantda 
bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining koʻpayishiga olib keladi. 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin