Iqtisodiyot va biznes


Yutil-naflilik oʻlchovi birligi hisoblanib



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

Yutil-naflilik oʻlchovi birligi hisoblanib
, iste’molchi qaror 
qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada oʻz ehtiyojini 
qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu 
ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi. 
2. Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal koʻrish tartibi boʻyicha 
joylashtirishda naflilikning ma’lum ketma-ketligiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda 
iste’molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi boʻyicha xulosa 
4
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 бет.


chiqarish mumkin. Masalan, birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga 
nisbatan afzal koʻriladi va h.k.
Iste’molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim.
 Keyingi naflilik (marginal utility)
– muayyan ne’matning navbatdagi 
birligini iste’mol qilishdan olingan qoʻshimcha naflilikdir.
Keyingi naflilik umumiy naflilikning oʻsgan qismidan iborat boʻlib, u naflilik 
funktsiyasining natijasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir 
navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega boʻladi. 
Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada 
qondiruvchi «soʻnggi nusxasi» mavjud boʻladi
5

Soʻnggi qoʻshilgan naflilik pasayib borish tamoyiliga ega boʻlib, bu iqtisodiy 
tamoyil sifatida ifoda etiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan 
iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining 
koʻpayib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi 
birligini iste’mol qilishdan olingan qoʻshimcha naflilik oldingisiga nisbatan 
kamayib boradi
6

Kishi qanchalik koʻp miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik koʻp 
umumiy naflilikka ega boʻladi.

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin