Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə25/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli hamda qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
  • kompilyator va interpretatorlar;


  • dasturlar kutubxonasi;


  • turli yordamchi dasturlar.


Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi.


Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
Case-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng terkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
CASE – Computer Aided Sistem Engineering – axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli taxlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi.
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80-yillar oxirida shakllangan yo’ nalishdir. Ulardan keng ko’lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir.
Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i – komputerning mahalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashqil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin