Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


-mavzu. Buxgalteriya hisobida raqamlashtirish texnologiyalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə85/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

19-mavzu. Buxgalteriya hisobida raqamlashtirish texnologiyalari
Reja:
1. Buxgalteriya hisobida axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriyasining texnik va dasturiy ta’minoti
3. Buxgalteriya hisobida integratsiyalashgan axborot tizimi va texnologiyalari
4. “1C: BUXGALTERIYa” va “BIR.UZ” dasturlarining rivojlanish tendentsiyasi


Tayanch so’z va iboralar: Buxgalteriya hisobi, bozor munosabatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, Boshqaruv hisobi, Moliyaviy hisob, buxgalteriya xujjatlari.


1. Buxgalteriya hisobida axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib brishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xisobning xalqaro tizimlariga o’tishi amalga oshirilmokda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning an’anaviy shakllari katta katta o’zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli kog’ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag’lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi:
asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish xaki (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlar tuzish.
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda maxalliy hisoblash tarmoo’larini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich xujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega.
Ichki alokalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o’zaro hamkorliklarini.
Tashki aloqalar - boshqaruvning o’zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo’linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligini aks ettiradi.
Buxgalteriya vazifalarini echishni AAT lar asosida tashkil qilish: birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytida boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarning yig’indisidir. Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rol o’ynaydi:
  • foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;


  • korxonaning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mao’alliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;


  • hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblar tarkibini ancha ko’paytirish;


  • har xil hisoblash bo’linmalari uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;


  • birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar meo’nat talabligi darajasini kamaytiradi;


  • buxgalteriya vaziflari majmualarini echishni integratsiyalash;


  • dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati.


Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari ShK da bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi. Shunda bajariladigan texnologik jarayonida quyidagi uchta jarayoni:


  • tayyorlov


  • boshlang’ich va


  • asosiyni ajratish mumkin.


Tayyorlov bosqichi dastur va ma’lumotlar bazasini ishga tayyorlash bilan bosliq. Hisobchi mashinaga korxonaning ma’lumotnomaviy ma’lumotlarni kiritadi, buxgalteriya schyotlarining rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tartibiga tuzatishlar kiritadi.


Boshlang’ich bosqichi birlamchi hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga olish bilan bog’liq. Avval ta’kidlaganidek hujjatlarni qo’lda yoki avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish mumkin. Hujjatlarni kiritish dasturi quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutadi:
  • kiritilgan hujjatlarga noyob nomer berish, ko’chirmaning sana shva boshqa alomatlari bilan registrini tuzish;


  • kiritilgan hujjattlarga ma’lumotnomaviy va shartli doimiy alomatlarni avtomatik kiritish;


  • xo’jalik operatsiyalarningqayd etish daftarida buxgalteriya yozuvlarini avtomatik bajarish;


  • noto’g’ri hujjatlarni chiqarib tashlash;


  • noto’g’ri hujjatlarni nazorat qili shva tuzatish kiritish;


  • birlamchi hujjatlarni bosib chiqarish.


Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo’ladi va har xil hisobot shakllarini olish bilan bog’liq. Uni bajarish uchun «moddiy boyliklarning qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va «Hisobotlar» menyusi modulidan foydalaniladi.


Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mao’alliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat.
Buxgalteriya vazifalari ana’anaviy majmuasining tarkibi yangi boshqaruv, savdo va tao’liliy modullarini yaratilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur – ADP lar o’zaro axborotli bog’langan bo’lishlari kerak. Bu faqat ADPlarning butun majmuasini bitta firmadan xarid qilingandagina mumkin.
Kichik korxonalarda BX AT yaratishda ShK dan keng foydalanish hisobchining ish joyida axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo’yicha barcha tadbirlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Bunday BX AT larni yaratishda bir nechta yondoshishlar mavjud.
Birinchi yondoshishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BX AT – minihisobxonalar sinfiga kiradi. +oida bo’yicha, bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam – hisobchi tomonidan olib boriladi.
Ikkinchi yondashishda – moliyaviy hisobdan tashqarii qisman boshqaruv tizimi ham o’ar tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo’li bilan bitta ish joyi o’rnida yoki ikkita ish joylarida olib boriladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida avtomatlashtirish uchinchi yondoshishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab chiqilayotgan axborotlarning katta o’ajmlarida ko’p foydalanuvchanlik usulidan foydalaniladi. Unda bir nechta ShKlar mao’alliy tarmoqqa birlashtiriladi.
Kichik va o’rta korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qarab oluvchi buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ikkita moduldan tashkil topadi.
Boshqaruv hisobining moduli. Tovar-moddiy boyliklari va arzon hamda tez eskiruvchan mollarning hisobi, tayyor mahsulotlarning hisobi, ish o’aqi bo’yicha hisob –kitoblar bo’limlari uchun so’mdagi va miqdoriy aks ettirilgandagi hisobni olib borishga imkon beradi.
Moliyaviy hisobning moduli buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo’yicha hisob olib borishga imkon beradi. Tao’liliy registrlar va yakuniy hisob registrlari uning asosiy hisob registrlaridan bo’ladi. Modullar o’rtasidagi aloqani xo’jalik operatsiyalarining qayd daftari orqali amalga oshiriladi.
Belgilanishi bo’yicha ma’lumotnomalar beshta guruhga bo’linadilar:
  • umumiy belgilanish ma’lumotnomalari;


  • materiallar – tovar boyliklarining qayd daftari bilan bog’liq ma’lumotnomalar (matariallar, o’lchov birliklari, harakat operatsiyalari);


  • buxgalteriya yozuvlari bilan bog’liq ma’lumotnomalar (schyotlar rejasi, provodkalar);


  • taxliliy hisob bilan bog’liq ma’umotnomalar (korxona ob’ektlari, bo’linmalar);


  • valyuta kurslari bo’yicha ma’lumotnomalar.


Tuzilishi bo’yicha ma’lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo’linadi.


Oddiy ma’lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo’shimcha ma’lumotlar schyot bo’yicha xizmatlar. Murakkab ma’lumotnomalar o’z ichiga ma’lumotlarning kiritilganligining ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda joylashtirib bo’lmaydigan katta o’ajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo’yicha andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi.
Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o’ynaydi:
  • foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;


  • korxona, tashkilot, firmaning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integrallangan holda ishlab chiqarilishi ta’minlovchi maxalliy va ko’p boskichli tarmoqlarini shakllantirish;


  • har xil bo’linmalar uchun korxonaning yagona taksimlangan axborotlar bazasini yaratish;


  • hisoblash texnikasi bajaraadigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko’paytirish;


  • birlamchi buxgalteriya xujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni iyg’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mexnat talabligi darajasini kamaytirish.


  • buxgalteriya vazifalari majmualarini echishni integrtsiyalash;


  • dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati.


Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari personal kompyuterda bitta ish joyida va unig tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi. Buxgalteriya tizimida ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar: “Bir.uz”-buxgalteriya, “1S:Buxgalteriya”, UzASBO, “Parus”, “Intellekt-Servis”, “Infosoft”, “Xakers-Dizayn” va boshqalar.


Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: maxalliy va tarmokli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, “Mijoz-server” yangi texnologiyasini amalga oshirishni, maxsus uskunlar va operatsion tizimlarni, hamda hisoblash tarmog’iga xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar shtatini mavjudligini talab qiladi.
Kichik-hisobxona amaliy dasturiy paket (ADP)lar kam sonli, hisobning aniq uchastkasi bo’yicha xodimlarni aniq aks ettirilgan hisobxonalar uchun mo’ljallangan “Buxgalteriya-Asosiy kitobg’Balans” umumiy nomi ostidagi kichik biznesga mo’ljallangan dasturlar asosan sintetik va murrakab bo’lmagan tahliliy hisobni olib borish vazifalarini bajaradi: Bu sinfga eng mashhur ADPlar “1S:Buxgalteriya”, “Turbo-Buxgalteriya”, “Folio” va boshqalardir.
«1С Бухгалтерия» ADP ishlash texnologiyasi. 1C buxgalterya - hisoblash va muharirlovchi dastur. Avtomatlashtirilgan ish joyida hisoblash ya’ni Buhgalteraga moslahtirilgan dastur bolib, bu dasturni MS Exceldan afzalliklari kopgina hisoblash texnologiyaviy operatsiyalar bilan Buhgalteriyada vaqtni tejash uchun va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qulay dastur hisoblanadi.
Ishchi Stol 1C dasturi yonalishiga qarab ko’p va kam funksiyalrda iborat bo’ladi.
“1С:Предприятия” оynаsini оchishimiz bilan dastur bizga “Рабочий режим”ni tаnlаsh huquqini bеrаdiyu. Undаn tаshqаri “Ахbоrоt bаzаkаri” ro’yхаtini tаqdim etadi. Biz “1С:Предприятие” rejimini tаnlаymiz va quydagi Ish stoli hоsil bo’ladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin