portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
Umumdavlat miqyosida Bu borada respublikada avvalambor, Prezidentlik tizimi qabul qilindi.
Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston 15 ta ittifoqdosh respublikalar tarkibida birinchi bo‘lib o‘ziga Prezident sayladi.
1990 yil mart oyida Respublika Oliy Sovetining XII chi chaqirig‘ining birinchi sessiyasida O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimi tasdiqlandi va bu lavozimga I.A. Karimov saylandi.
1991 yil dekabr oyida Respublika ittifoqdosh respublikalar tarkibida yakka holda alternativ asosda butun xalq ovoz berish yo‘li bilan I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti qilib saylandi.
Ovoz berish byulletenida ikki – Islom Karimov va Muhammad Solih nomzodlari ko‘rsatilgan edi. Saylovda qatnashganlardan 86 foizi o‘z ovozini I.A. Karimovga berishdi.
Respublikada Prezidentlik tizimi o‘zini oqlayapti.I.A. Karimov respublikada ham davlat hokimiyati rahbari, ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi.
Shubha yo‘qki, I.A. Karimov bu vazifalarni kerakli darajada bajarmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasiga binoan respublika Oliy Sovetining XI-sessiyasida respublika qonun chiqaruvchi, qonunlar bajarilishini ta’minlovchi va boshqaruv organlarining funksiyalari aniqlandi. Respublika markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari konkretlashtirildi.
Markazlashtirilgan rejalashtirish boshqaruv tizimi xizmatidagi ma’muriy-buyruqbozlik organlari tugatildi va ular o‘rniga bozor munosabatlari talablariga moslangan iqtisodiy organlar tashkil etildi.
Davlat planlashtirish qo‘mitasi tugatilib, uning o‘rniga Davlat prognozlash va statistika qo‘mitasi tashkil etilib, uning oldiga quyidagi vazifalar quyildi:
– amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yakunini baholash va ularni kelgusida chuqurlashtirish uchun tavsiyalar tayyorlash;
– balanslangan hisob-kitoblarga asosan makroiqtisodiy mutanosibliklarni, tarmoq va mintaqaviy tarkibiy o‘zgarishlarni tahlil qilish;
– respublika iqtisodiyoti, uning tarmoq, sektorlari sotsial-iqtisodiy rivojlanishining ko‘p variantli hisob-kitoblarini olib borish, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi yo‘llarni aniqlash.
Davlat prognozlash va statistika qo‘mitasi kelgusida Respublika makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi va unga asosan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etildi.
Davlat ta’minot organi o‘rniga tashkil etilgan O’zbekiston kontraktsavdo organi o‘rniga bozor munosabatlariga moslangan Ulgurji va birja savdosi respublika aksiyadorlar assotsiatsiyasi tashkil etildi va bu assotsiatsiya oldiga tovar-resurslar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni teng huquqlikda ishtirok etishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Moliyaviy sohada boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Moliya vazirligini saqlash bilan birga yangidan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish respublika Davlat qo‘mitasi tashkil etildi va uning oldiga quyidagi vazifalar quyildi:
– «Yakkahukmronlik faoliyatini chegaralash to‘g‘risida»gi qonunga bo‘ysunish ustidan davlat nazoratini olib borish;
– insofsiz raqobatning oldini olish choralarini, monopoliyadan chiqarish bo‘yicha tarmoq va mintaqa dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
– tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini tashkil qilish maqsadida Davlat mol-mulk qo‘mitasi bilan birgalikda yagona metodologik yo‘lni ishlab chiqish;
– assotsiatsiya va konsernlarni tashkil qilish va ular faoliyatini tartibga solish;
– raqobat siyosatining metodologik bazasini rivojlantirish, moliya-sanoat, xolding kompaniyalarini tashkil etishda yakkahukmronlikka qarshi talablarga rioya qilish ustidan nazorat olib borish;
– korxonalar – yakka hukmronlar davlat reyestrini olib borish;
– boshqaruv organlarning yakka hukmronlikka qarshi qonunlarga rioya qilmasdan qabul qilgan qarorlarini bekor qilish;
– raqobat muhitini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va hokazo.
Respublikada moliya munosabatlarini, moliya tizimi faoliyatini takomillashtirish – budjet tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, budjet tizimi faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va barcha darajadagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007 yil 28 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 594-sonli «Davlat budjetining g‘azna ijro tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi va unga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida G’aznachilik tizimi tashkil qilinib, uning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
– davlat budjetining kassa ijrosini ta’minlash;
– davlat budjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisob raqamlarida olib borish;
– budjet tashkilotlariga xizmat ko‘rsatishlar bo‘yicha tuziladigan shartnomalarning to‘g‘ri tuzilganligi ustidan nazorat olib borish va bu shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlash;
– tuzilgan shartnomalarga nisbatan bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lov intizomi ustidan nazoratni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik tizimi faoliyatini tashkil qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘zining 2007 yil 20 martidagi Qarori bilan «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlandi. Unda g‘aznachilik faoliyatining umumiy qoidalari, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi, tashkil etish asoslari ko‘rsatildi.