00 tayyor Irsiy kasalliklar diagnostikasi, molekyular genetik tahlili
1.3 Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori Bu qonunga binoan yaqin turlar va avlodlarda irsiy o ‘zgaruv- chanlik (mutatsiyalar) ham o ‘xshash b o ‘ladi. M a’lum turdauchraydigan mutatsiyalarni yaxshi o‘rganib, unga yaqin bo‘lgan turda ham xuddi shunday mutatsiyalar uchrashi mumkinligini oldindan aytish mumkin. Bu qonun organizmlar kelib chiqishining birligining dalilidir. Qonun solishtirma genetikaning nazariy asosi hisoblanadi, tur-
larning xilma-xilligini tushunishga, odamning irsiy kasalliklarini o ‘rganishga yordam beradi. Odamda uchraydigan ko‘p irsiy kasalliklar — gemofiliya, albinizm, epilepsiya, ko‘z anomaliyalari, mushak distrofiyasi, karlik, semirishga moyilligi, diabet kabilar hayvonlarda ham uchraydi. Biologik modellashtirish usulini qo‘llashda N. I. Vavilov qonuni nazariy asos hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning nasldan naslga o‘tishi qonuniyatlari avval hayvonlarda o‘rganilib, keyin tibbiyotga tatbiq etiladi.
Bu qonun buyuk rus olimi mashhur genetik N. I. Vavilov tomonidan 1920-yilda kashf qilingan. Har xil o‘simliklar turlari va avlodlarida belgilar o‘zgaruvchanligini o‘rganish jarayonidaN. I. Vavilov o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori mavjudligini aniqlab, o‘z qonunini shunday ifodaladi: irsiy jihatdan yaqin b o ‘lgan hamma turlar va avlodlar irsiy o ‘zgaruvchanlikning o ‘xshash qatorlari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ma’lum turdagi o‘zgaruvchanlikni aniqlab, unga yaqin turlar- da va avlodlarda shunday o‘zgaruvchanlik shakli mavjudligini oldindan bashorat qilish mumkin. Qonun o‘simliklarda aniqlangan bo‘lsa ham N. I. Vavilov uni hayvonlarda ham qo‘llash mumkinligini takidlagan edi. Gomologik qatorlar qonunning nazariy asosi turlarining tabiiy tanlash natijasida divergensiya yo‘li bilan kelib chiqqanligi to‘g‘risida dunyoqarashdir. Umumiy ajdodlar ma’lum genotipga ega bo‘lgani uchun ularning avlodlarida ham asosan shunday genotipga ega ekanligini tushunish qiyin emas. Bir xil genlarning o‘zgaruvchanligi yaqin turlar va avlodlarda ham bir xil bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilish mumkin. N.I. Vavilov qonuni seleksiyaning solishtirma genetikaning na-zariy asosi bo‘lib turlar xilma-xilligini tushunishga yordam beradi.
Bu qonun odamlarda va hayvonlarda uchraydigan irsiy kasal- liklarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarning oldini olish, davolash muammolarini hayvonlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlarsiz yechish mumkin emas.