Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Ijodiy hikoyaning bir qancha turlari mavjud



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə73/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
4. ДАРСЛИК

Ijodiy hikoyaning bir qancha turlari mavjud:
Tarbiyachi boshlagan ertak yoki hikoyaning oxirini o'ylab topish va oxiriga yetkazish. Tarbiyachi bu hikoya turida hikoya yoki ertakning boshlanishi, uning bog'lamini aytadi, bolalar esa qahramonlar bilan bo'ladigan asosiy voqealarni o'ylab topadilar.
Masalan, bolalar tomonidan hikoyaning oxirini o'ylab topish. Tarbiyachi bolalarga qanday qilib Vali ismli bola otasi bilan hayvonot bog'iga borganligi haqidagi hikoyaning boshlanishini tinglashni taklif etadi. „Valining otasi uni hayvonot bog'iga olib borishni va'da qildi. Vali bu kunni juda sabrsizlik bilan kutdi. Dam olish kuni Valining otasi uni erta uyg'otdi va ular hayvonot bog'iga jo'nashdi..." Bolalar, endi sizlar bola u yerda nimalarni ko'rganligini o'ylab topinglar va hikoyani oxiriga yetkazinglar. O'rtog'ingizning hikoyasini takrorlamang, har qaysingizning hikoyangiz har xil bo'lsin.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar yoshiga mos bo‘lgan ertaklar yetishmaydi deyolmaymiz. Biroq ularning hammasini ham bolalar yoshiga mos deyishda biroz ikkilanishga boramiz. Sababi, ertak nomi, qisqa ekanligi, qahramonlariga qo‘yilgan qiziqarli nomlar, bola tilida yozilganligi kabi mosliklar bor bo‘lgani bilan, lekin mavzu ko‘lami bolalar yoshiga mos emasligini guvohi bo’lamiz. Masalan, biz butkul qarshi bo‘lgan va bolalar yoshiga mos emas deb hisoblaydigan to‘y, yor va yorga nisbatan muhabbat mavzularini yoritilishi yoki asosan ko‘p hollarda yalmog‘iz, jodugar, sehr-jodu kabi bolalar tarbiyasiga va ongiga salbiy ta’sir qiluvchi ertaklarni guvohi bo‘lyapmiz.
Tarbiyachidan ertak qahramonlarini bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini belgilovchi sifalarni oshirish talab qilinadi. Ya’ni, tarbiyachi har qanday salbiy qahramondan ijobiy fazilatlarni qidirib topish muminligini o‘rgatishi zarur. Masalan, Qimmatning ishyoqmas, dangasa, erkatoy ekanligining yomon oqibatarini tushuntirish bilan birga bolalarga mehnatsevarlik, xushmuomalalik, odobli bo‘lsa hammaga yoqishi mumkin ekanligi va mehnatsevarlik, xushmuomalalik, odobli bo‘lish yaxshi odat ekanligini tushuntirish kerak.
Bolalar ertakni tushunishlari va ko‘zlangan maqsadga erishi uchun xoh qo‘yib eshittirilgan, xoh ko‘rsatib berilgan yoki so‘zlab, televizor orqali namoyish qilib berilganda ham bolalar ertakni tushunishlari to‘g‘ri xulosa chiqarganliklariga ishonch xosil qilish uchun ham ular bilan birga savo-javob usulidan foydalanish kerak. Bunda bolalar tarbiyachi savollarini, bir-birlarini javoblarini tinglashga, berilgan javoblarni fikrlashga, o’zi ham fikrini bayon qilish orqali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishadi. Shu bilan birgalikda tarbiyachi bolalarni tinglash, fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda ertakdan turli xil usullarni qo‘llash orqali foydalanishi mumkin. Masalan, “ertakni davom ettiring” nomli usul orqali bolalar sheriklarini tinglashni, o‘zlari esa fikrlab, ertakni davom ettirishlari va bu orqali muloqot komponentlarini rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi. Og‘zaki nutq – bu bolaning maktabga olib boradigan eng muhim ijtimoiy-bilim qobiliyati ekanligini unutmasligimiz lozim.
Tarbiyachi bolalarning ertakni davom ettira olishlarini ta’minlash maqsadida, ularning yosh xususiyatlarini, mavzu ko‘lamini hsobga olishari talab etiladi. Ya’ni, uch yoshli bolalar ertakni davom ettirishlari emas, balki tinglashga, katta va tayyorlov guruhi bolalari esa ertakni davom ettirishga yo‘naltirilganliklari maqsadga muvofiq. “Ertak nomini toping” usulida bolalarning topqirliklari, fikrlash tezligi va faol tinglash borasidagi xususiyatlari birlamchi vazifani o‘taydi. Bunda tarbiyachi birorta ertakdan mashhur jumla aytadi va bolalar o‘sha ertak nomini topishlari talab etiladi. Bu kabi usullarni qo‘llash orqali bolalardagi tinglash, fikrlash, muloqot ko‘nikmalari mustahkamlanadi va rivojlanadi.
Tadqiqotchi A.Flerina “maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish”ning xavfliligi haqida ogohlantirib, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xosligini ta’kidlagan: “Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar”. Darhaqiqat, tarbiyachilar doim bolalarga o‘rnak bo‘la olishi zarur. Bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan talablarga avvalo tarbiyachining o‘zi javob bera olishi zarur. Tarbiyachining nutqi ravon, toza va aniq bo‘lishi lozim. Shu bilan birga so‘z boyligi eng asosiy masalalardan sanaladi. Chunki bolalarga bir xil so‘zlarni ko‘p takrorlash, ulardagi qiziqishni va shijoatni so‘ndirishi mumkin. Shu jumladan, bolalar nutqini o‘stirish masalasi doim asosiy vazifalardan biri hisoblanib kelingan. Agar bola nutqi ravon, so‘z boyligi yetarli bo‘lsa, uning muloqotga kirishishi oson bo‘lgan.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin