Tugun; Bosh g’oya(birinchi qism):
Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg’a ayt,
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg’a ayt.
Ushbu g’azalda fikr va hislar oqimini ko’ngil ko’zi bilan “tatib” ko’rsa bo’ladi. “Aslida, buning birinchisi – mantiqiy tafakkur, ikkinchisi – hissiy tafakkur. Ikkinchisi (narsalar va harakatlar) birinchisidan oldin yuradi. Ikkalasining birligi badiiy obraz bo’ladi”, - deganida Asad Muxtor haqliga o’xshaydi.
Ba’zi she’riy asarlarda fikr va tuyg’ularni ifoda etishda voqeadan shoir ustalik bilan foydalanadi. Ularda bir necha obrazlar yaratiladi. Agar eslasangiz, Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri – xuddi shunday asardir, unda Shahnoz, “oshiq” dushman, lirik qahramon (muallif) obrazlari yaratilgan. Undagi tasvirni hattoki hikoya qilib (aytib) berish mumkin. Bunday she’rlarni voqeaband (syujetli) she’rlar deb yuritish odati ilmda uchraydi.
Badiiy asar syujeti bilan kompozitsiya birlashganda, yaxlitlashganda – ularning qudrati beqiyos bo’ladi: hayotiylikni, badiiylikni, ta’sirdorlikni tiriklik nuri bilan ta’minlaydi, jonbaxshiydalik qiladi, o’zligini asar g’oyasiga, xarakterlarga baxshida etadi va ayni chog’da, ularga beminnat xizmatidan o’zi ham go’zallikka o’ranadi, takrori yo’q badiiy vosita ekanligini voqe qiladi.
Tayanch tushunchalar
Syujet atamasi. Syujet ta’rifi. Syujet – xarakterlarini namoyon etadigan, hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar jami. “Yasama”, “Tayyor”, “Sayyor” syujetlar. Xronikal syujet. Konsentrik syujet. Xronikal – konsentrik syujet. Syujetning tarkibiy qismlari: prolog, ekspozisiya, tugun, voqea rivoji, kulminasiya, yechim, epilog. Tur va janrlarning syujet bilan aloqasi.
Savol va vazifalar
Syujet ta’rifini yodlang.
Syujetning tiplari va xillarini aniqlang, misollar bilan boyiting va tahlil qiling.
Syujetning tarkibiy qismlarini – eng yaxshi ko’rgan asarlaringiz misolida aniqlang.
“Ayt” radifli Alisher Navoiyning g’azalini yod oling va shu paytgacha o’rgangan mavzular asosida tahlil va tadqiq qilib, mashq daftaringizga ko’chiring.
Dostları ilə paylaş: |