Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari kirish



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə13/18
tarix06.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#152688
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari(bob)

5-rasm. Fillips egri chizig’i.5
W – nоminаl ish hаqining o’sish sur’аti;
P – inflyatsiya dаrаjаsi;
U – ishsizlik dаrаjаsi.
Ishsizlik vа inflyatsiya dаrаjаsidаgi nisbаtni tаrtibgа sоlishdа dаvlаtning iqtisоdiy siyosаti аsоsiy rоl o’ynаydi. Dаvlаt ish bilаn bаndlik dаrаjаsi, ishlаb chiqаrish hаjmi vа ish hаqi dаrаjаsi o’rtаsidаgi оqilоnа nisbаtni tа’minlаsh оrqаli nаfаqаt ishsizlik vа inflyatsiya dаrаjаsini nаzоrаt qilishi, bаlki ulаrning iqtisоdiyot rivоjlаnishi vа аhоli turmush dаrаjаsigа sаlbiy tа’sirining оldini оlishi hаm lоzim.(6-rasm)

II.BOB O’zbekistonda aholi bandligini ta’minlash
4. O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining imkoniyatlar tahlili.
Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko’maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi.6 Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko’rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o’sishga xizmat qiladi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub maqsadi – bu inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta’minlash hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan band bo’lishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi, shu jumladan, tadbirkorlar uchun qulay biznes yuritish muhiti, investitsiya, soliq siyosati, shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo’lishi kabi omillarga bog’liq. Chunki mamlakatmizda yaratilayotgan ish o’rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to’g’ri keladi va aynan iqtisodiyotning taraqqiyoti kichik va o’rta biznesning rivojlanishi bilan bog’liq.
Mamlakatimizda boshlangan tub islohotlarning asosini 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tashkil etadi va unda aholining ish bilan bandligi masalasi alohida o’rin tutadi.
O’zbekistonda demografik holatning keskinligi, aholi sonining yuqori sur’atlarda o’sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o’ta dolzarb qilib qolmoqda.
O’zbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga mehnat resurslari 19,1 mln. kishi, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln. kishi, jami ish bilan bandlar 13,2 mln. kishi, shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5,7 mln. kishi (43,3%), iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,6 mln. kishi (42,8%), ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 1,6 mln. kishi (10,5%) va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi.7
O’tgan 5 yil ichida mehnat sohasida ham aksariyat jarayonlarni raqamlashtirish, mehnat statistikasini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga moslash, uning real ko’rsatkichlarini ta’minlash, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta’minlash va mumkin qadar aholiga barcha xizmatlarni elektron platformalar orqali qulay va tezkor amalga oshirishga erishildi.
«Aholi bandligi to’g’risida»gi Qonunning yangi tahriri 2020 yilda qabul qilindi va u to’g’ridan-to’g’ri amal qilish kuchiga ega Qonun bo’ldi.8 Unda davlatning bandlik sohasidagi asosiy tamoyillari aks etib, hozirgi zamon mehnat huquq normalariga asoslangan. Jumladan, mehnat bozorini tartibga solishning yangi vositalari xususan, tadbirkorlikni rag’batlantirish, o’zini o’zi band qilish, ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish, malakasini oshirish, ish stajini hisobga olish, ishsizlik nafaqasini to’lash, ishga joylashtirish bo’yicha agentliklar, respublikadan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyati amalga oshirayotgan fuqarolar va boshqa muhim yo’nalishlardagi masalalar qamrab olindi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi ham ilg’or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ishlandi va turli muhokamalardan o’tib, 2021 yilda qabul qilinishi belgilangan. Unda mehnat munosabatlarini tartibga solishning zamonaviy usullari, ish beruvchi va yollangan xodim o’rtasida, ijtimoiy sherikchilik, yakka tartibdagi mehnat munosabatlar va boshqa masalalar o’z yechimini topgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi passiv choralardan (ishsizlik nafaqalarini to’lash) faol bandlik siyosatiga o’tmoqda (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bo’lgan shaxslar) va ishsizlarni kasbga, tadbirkorlikka o’qitish, mikrokreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning ish bilan bandligiga ko’mak berishni keng yo’lga qo’ydi.
Norasmiy mehnat bilan bandlik butun dunyoda keng tus olgan hodisa bo’lib, uning ko’lamini kamaytirish davlatning bu sohada tizimli kompleks siyosat olib borishini talab qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko’ra, dunyoda 10 ta ishchidan 6 ta (ish bilan bandlarning 61%) va 5 ta korxonadan 4 tasi yashirin iqtisodiyotda norasmiy faoliyat yuritadi. Norasmiy mehnat bilan bandlikning shakllanishini iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy omillarga ega bo’lgan hamda pirovard maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan va aksariyat hollarda majburiy ko’rinishdagi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi (7–rasm)

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin