5. Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati. Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat aholining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhimi masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohatlar daridagi ushbu masalani hal etish uchun malkatda bir qator tadbirlarni amlaga oshirish rejalashtirilgan.
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish.
Prezidentmiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlab utganidek “...Kichik o’rta va xususiy tadbirkorliknig yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, oyni vaqtida uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog’imiz lozim”.
Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo’yicha hizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarida xizmat sohasini rivojlantirishna ustunlik beriladi.
Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish oylarini ochish yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.
To’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash.
Aholining ish bilan bandligi masalasi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini iqtisodiyotda tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalrni ham o’z ichiga oladi.
Hozirgi kunda davlat mehnat bozoriga katta ta’sir ko’rsatadi va davlatning mehnat bozorida bajaradigan vositachilik roli ham muhimdir. Mehnat bozorini tartibga solishda Mehnat birjalari alohida o’rin tutadi.
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga yollovchilar o’rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo’yicha kelishuvni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasadir.
Dastlabki mexnat birjalari X1X asrning birinchi yarmida tashkil topgan. Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009 yildan boshlab –“Axoli bandligiga ko’maklashish markazlari” deb atala boshlandi.19 Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir:
- ishsizlarni ro’yxatga olish, xamda ishi joyini o’zgartirmoqchi bo’lganlarni ishga joylashtirishda vositachilik qilishi;
- ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifni o’rganish;
- alohida ixtisosliklar bo’yicha ishchi kuchiga talab haqida ma’lumot berish;
- yoshlarni kasb ixtisosliklar bo’yicha yo’naltirish, yangi kasb-hunarga o’rgatishni tashkil qilish.
Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta’minlash emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq xolda o’zgarib turadigan mehnat bozori talabini qondirishdan iborat.
Davlat bandlik va ishsizlik darajalariga ta`sir ko`rsatish uchun qo`llaydigan barcha chora tadbirlani 2 guruhga ajratish mumkin: aktiv va passiv.
Aktiv chora-tadbirlar qo`shimcha ish joylarini yaratishga yo`naltirilgan bo`ladi. Bunday chora-tadbirlar qatoriga, avvalambor, davlat budjeti hisobiga yalpi talabni rag`batlantirishga yo`naltirilgan keyns makroiqtisodiy siyosati kiradi. Ikkinchisi bu davlatning moliyaviy hamda tashkiliy huquqiy chora-tadbirlaridir. Bular qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:
kadrlarni tarmoqlardagi va xududlardagi harakatini ta`minlash;
davlat subsidiyalarining o`sishi hisobiga mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
kommunal xo`jalik ishlarini shakllantirish;
yoshlar uchun ish joylarini tuzish;
ijtimoiy yordamga muxtoj shaxslarga mablag` ajratish;
eng rivojlanayotgan yoki ko`p ishchi kuchi talab qiladigan tarmoqlarga investitsiyalar kiritish;
mehnat bozorida taklifni qisqartirish;
aholining mustaqil bandligini qo`llab-quvvatlash;
kichik va o`rta biznesni rivojlanishiga qulay sharoit yaratib berish;
Passiv bandlik siyosati ijtimoiy sug`urta tizimini tuzish hamda ishsizlarga moddiy yordam ko`rsatishni o`z ichiga oladi. Ijtimoiy sug`urta tizimi avvalgi olgan ish haqiga qarab ishsizlik bo`yicha nafaqa miqdorini belgilaydi. Moddiy yordam ko`rsatish esa ishsizlarning kun kechirishiga yetadigan mablag` bilan ta`minlashga yo`naltirilgan.
Ishsizlikning oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ham (ishsiz) insonning o`zi uchun ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadga muvofiqdir.
Respublikada axolining yuqori sur’atlar bilan o’sib borayotganligini, ish bilan bandlikni ta’minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga oshirish mo’ljallangan:
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jaligi ham ashyosini qayta ishlash, iste’mol mollari, maxalliy xom ashyodan qurish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag’batlantirish.
Ikkinchidan, xizmat ko’rsatish soxasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratish.
Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.
To’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy ximoyalash. Bu siyosat ularning o’ta zarur extiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishiga qaratiladi.
XULOSA Bоzоr iqtisоdiyoti tizimidа ishchi kuchi bоzоrining rоli u bаjаrаdigаn ikkitа vаzifа оrqаli bеlgilаnаdi. Birinchi vаzifаsi bеvоsitа mеhnаt jаrаyonidа ishchining ishlаb chiqаrish vоsitаlаri bilаn biriktirish mехаnizmi hаmdа bаnd bo’lmаgаn ishchi kuchining hаrаkаtini sаmаrаli tаrtibgа sоlish bilаn bоg’liq. Ikkinchi vаzifаsi esа yalpi ishchi kuchining sifаtini yanаdа tаkоmillаshtirgаn hоldа tаkrоr ishlаb chiqаrish оrqаli аmаlgа оshirilаdi.
O’zbеkistоndа ishchi kuchi bаndligini оshirish vа аhоlini ijtimоiy himоyalаsh bоrаsidа dаvlаt tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn chоrа-tаdbirlаr nаtijаsidа yildаn-yilgа ish bilаn tа’minlаnish dаrаjаsi o’sib bоrmоqdа.
Ish bilаn sаmаrаli bаnd bo’lish mеhnаt rеsurslаridаn fоydаlаnishning intеnsiv turigа tаyanmоg’i kеrаk. Bu vаzifаni hаl qilish tаshkil etilgаn ish jоylаrining miqdоr vа sifаt jihаtdаn mаvjud mеhnаt rеsurslаrigа muvоfiqligini tа’minlаshni, ishlаb chiqаrish hаjmini o’stirib bоrishning tа’sirchаn chоrаlаrini yarаtishni, ish bilаn bаnd bo’lish shаrоitlаri vа shаkllаrini хilmа-хil qilishni tаlаb etаdi.
Fаn-tехnikа tаrаqqiyotining jаdаllаshuvi vа ishlаb chiqаrishning intеnsivlаshuvi ishlаb turgаn kоrхоnаlаrdаn ishchi kuchini bo’shаtib оlish vа uni qаytа tаqsimlаsh mехаnizmigа, аhоlini ishgа jоylаshtirish, qаytа o’qitish vа kаsb tаnlаsh tizimigа tа’sir ko’rsаtаdi. Mulkchilikning turli shаkllаri, rivоjlаngаn bоzоr iqtisоdiyoti ishchi kuchi rеsurslаridаn yanаdа sаmаrаlirоq fоydаlаnishgа shаrоit yarаtаdi, ulаrni kаm sаmаrаli sоhаlаrdаn bo’shаtib kаdrlаrgа ehtiyoji bo’lgаn yuqоri sаmаrаli tаrmоqlаr vа kоrхоnаlаrgа qаytа tаqsimlаydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mehnat resurslari, bandlik va aholini, ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga ko’ra har yil ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish va amaliyotdagi samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR RO’YHATI. O’zbekston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2017
O’zbekston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: “Iqtisodiyot huquq dunyosi”, 2012.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahrir). –T.: Adolat, 2008.
Abdurahmonov A “Mehnat iqtisodiyoti va sotsialogiyasi” T.: “O’qituvchi” 2011.
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. T.: “Mehnat” - 2012.
Egamberdiyev E “Mikroiqtisodiyot” ,“G’.G’ulom”,T.:2005.