Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari kirish


–rasm. O’zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlikning 2021-2030 yillardagi maqsadli prognoz parametrlari(mingishi)



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə16/18
tarix06.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#152688
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari(bob)

10–rasm. O’zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlikning 2021-2030 yillardagi maqsadli prognoz parametrlari(mingishi) 17

Mehnat bozoridagi holat turli omillarga bog’liq va avvalambor doim milliy iqtisodiyot va inson resurslarining raqobatbardosh bo’lishligini, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qiladigan, tarkibiy o’zgarishlarni qat’iy qo’llab–quvvatlaydigan, sifatli ta’lim, soliq va ijtimoiy ta’minotning samarali tizimini taklif qiluvchi institutsional muhitni yaratishni taqozo etadi.


Davlatning makroiqtisodiy siyosati ish o’rinlarini va qulay biznes muhitini yaratish, soliq va pensiya tizimining rag’batlantiruvchi, jozibador shaklini yaratish, yalpi talabni, samarali investitsiyalarni va tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, erkin raqobat va mehnat bozorida bandlik siyosatining faol tadbirlar turi va ko’lamini kengaytirishga qaratilishi lozim.
O’zini ish bilan mustaqil ravishda ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo’jaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining a’zolari, fermer xo’jaliklarining a’zolari, o’zini o’zi band qilgan shaxslar sifatida ro’yxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek xizmatlar ko’rsatish (ishlarni bajarish) bo’yicha, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar bo’lishi lozim.
Tadqiqot natijalari norasmiy mehnat bilan bandlikni butunlay bartaraf etib bo’lmasligini, balki uni iqtisodiy xavfsizlik darajasida ushlab turish muhimligi hamda ushbu sohada davlatning samarali mexanizmlarini qo’llash lozimligini ko’rsatmoqda (11–rasm).
11-rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini kamaytirish mexanizmlari18

Yuqoridagilar asosida xulosa qilish mumkinki, raqamli iqtisodiyotga o’tish nafaqat davlat boshqaruvida, balki yangi ukladli iqtisodiyotning shakllanishida, axborotlashgan jamiyatning paydo bo’lishida va yashirin iqtisodiyot va aholining norasmiy bandligini kamaytirishda muhim rol o’ynaydi.
Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini tartibga solish va uni iqtisodiy xavfsizlik darajasida ushlab turish uchun uni keltirib chiqaruvchi va sabab bo’luvchi institutsional tuzilmani takomillashtirish bo’yicha quyidagi yo’nalishdagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Ijtimoiy-demografik omillarni muvofiqlashtirish: aholi sog’lig’ini himoya qilish va sog’lom, yuqori malaka va bilimli avlodni voyaga yetkazish maqsadida demografik vaziyatni barqarorlashtirish; ayollarning mehnat bozorida gender tengligini ta’minlash, ularning oliy ta’lim bilan qamrovini keskin oshirish; inson kapitalini rivojlantirish.
Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini kamaytirishning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini takomillashtirish: davlatning makroiqtisodiy siyosati ish o’rinlarini va qulay biznes muhitini yaratish; soliq siyosatida biznes sub’yektlarini, ayniqsa tovar ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiruvchi tamoyilga asoslangan egiluvchan tizimini yaratish; yalpi talabni, samarali investitsiyalarni va tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish; erkin raqobat va mehnat bozorida bandlik siyosatining faol tadbirlar turi va ko’lamini kengaytirish; tadbirkorlik sub’yektlariga kredit resurslarini taqdim etish jarayonini soddalashtirish; pensiya tizimini isloh qilish va uning jozibadorligini ta’minlash; milliy malaka tizimini joriy qilish va oliy ta’lim bilan qamrab olinish darajasini oshirish.
Qonunchilik-huquqiy asoslarni takomillashtirish: bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini liberallashtirish; ish beruvchining xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyatlarini kengaytirish; yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartish doirasida norasmiy mehnat bilan bandlarni legallashtirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish; “norasmiylikka” o’tishga undovchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha me’yoriy–huquqiy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish.
Ma’muriy-tashkiliy: qonunchilik inforsmentini ta’minlash; “norasmiy”dan ko’ra, “rasmiy” mehnat bilan band bo’lishning foydali bo’lgan shart-sharoitlarini yaratish; mehnat bozori sub’yektlarining norasmiy sxemalar bo’yicha yollash, norasmiy mehnatni iqtisodiy jihatdan foydali bo’lishini bartaraf etish; norasmiy mehnatni tashkil qilgan ish beruvchilarga nisbatan progressiv jarimalarni qo’llash.
Huquqiy-axborot: aholi orasida korrupsiya, yashirin iqtisodiyot va norasmiy mehnat bilan bandlik haqida salbiy imijni shakllantirish, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish; norasmiy faoliyatga qarshi targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyot modeliga o’tish davlat darajasida ham, biznes tuzilmalari darajasida ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi tubdan yangi, sifat jihatidan o’zgarishlar bilan birga sodir bo’lmoqda. Iqtisodiy birliklarni ro’yxatga olish va norasmiy bandlikni rasmiylashtirish munosib va samarali ish bilan bandlik ta’minlashga xizmat qiladi.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin