Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari kirish


–rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning kelib chiqish omillari9



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə14/18
tarix06.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#152688
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari(bob)

7–rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning kelib chiqish omillari9
Norasmiy mehnat bilan bandlik yashirin iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida uning darajasini kamaytirish to’g’ridan-to’g’ri yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bilan uzviy bog’liqlikni va davlatning samarali keng kompleks chora-tadbirlar orqali hal etish zaruratini ko’rsatadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning yuqori darajasi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun turli xavflarga sabab bo’lishi tufayli uni iqtisodiy xavfsizlik tizimi mezonlariga kiritish muhimligi ilmiy asoslandi. Uning yuqori darajasi mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy ziddiyat, teng raqobat muhiti, tengsizlik, tabaqalanishning kuchayishi, aholining rasmiy ijtimoiy tizimida to’liq qamrab olinmasligi, jamiyatda huquq tartibotiga amal qilmaslik, moliyaviy yo’qotishlar va boshqa ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlarga olib keladi (8-rasm).



8–rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlari
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni,10 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o’zini o’zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4742-son11 va 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o’qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.12
Ushbu hujjatlar yashirin iqtisodiyot va norasmiy mehnat bilan bandlik faoliyatiga ma’muriy usullar, taqiqlash orqali bartaraf etishga emas, balki uning qonun doirasida iqtisodiy jihatdan afzal bo’lgan institutsional muhit va sharoitlarni yaratish orqali shaffof faoliyat yuritishini nazarda tutadi.
Yangi texnologiyalar elektron ro’yxatga olish, integratsiyalashgan va avtomatlashgan holda xizmat ko’rsatish sifatida inson omili, uning ishtirokini imkon darajada kamaytirib, iqtisodiy birliklarning transaksion xarajatlarini kamaytirishga, iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish imkonini beradi.
Raqamli iqtisodiyot yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy malaka va bilimlarning moslashuvchan, izchil va uzluksiz rivojlanishini talab qiladi hamda aholining ish bilan bandligini, xususan mehnat munosabatlarini raqamli elektron platformalar yordamida ro’yxatga olish va qulay rasmiylashtirish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Raqamli iqtisodiyotning jamiyat hayotiga keng kirib kelishi barcha sohalarda mehnat faoliyatida internetdan foydalanish “haqiqiy” va “virtual” dunyo bilan uzviy bog’lanish sharoitida bo’lishni taqozo etmoqda. O’zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirishning
mehnat bozoriga ta’sirini 2020 yilda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etilishida ko’rish mumkin. Ushbu elektron axborot tizimida idora va tashkilotlarda band bo’lganlar, shaxsga oid, vakant ish joylari, to’g’risidagi ma’lumotlar to’plangan.
Shu bilan birga, ish izlovchilar http://ish.mehnat.uz/ saytida viloyat, tuman (shahar), soha yo’nalishlari, kasb, ta’lim darajasi kesimida va istalgan maosh hajmi doirasida vakant ish joylari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishlari rasmiy ish bilan bandlik darajasini oshirish imkoniyatini bermoqda.
Yangi texnologiyalar elektron ro’yxatga olish, integratsiyalashgan va avtomatlashgan holda xizmat ko’rsatish sifatida inson omili, uning ishtirokini imkon darajada kamaytirib, iqtisodiy birliklarning transaksion xarajatlarini kamaytirishga, iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish imkonini beradi.
O’zbekistonda 2020 yilda norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi 2001 yilga nisbatan 52,6 foizga oshgan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlik 3,3 foizga kamaygan.
Hisobot davrida respublikadan chet elda ishlash uchun ketganlar soni 8 martaga, ishsizlik darajasi 42 martaga, iqtisodiy faol aholi esa 62 foizga oshgan. Iqtisodiy faol aholining jami mehnat resurslariga nisbati 2001 yilda 71,6 foiz va 2020 yilda 77,3 foizni tashkil qilgan.13
Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasiga iqtisodiy, huquqiy omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-demografik omillar ham ta’sir qiladi. Aksariyat hollarda mehnat bozorida aholining huquqiy savodxonligi bo’lmagan, o’rta va o’rta maxsus ma’lumotli, o’z kasbi va malakasi bo’yicha iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan guruhlari norasmiy mehnat munosabatlariga kirishadilar.
O’zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlarning ijtimoiy-demografik holatini tahlili ularning 32,1 foizi – umumiy o’rta, 61,1 foizi – o’rta–maxsus va 6,8 foizini – oliy ma’lumotli shaxslar tashkil qilishi aholining ma’lumot va malaka darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, mehnat bozorida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi mos holda kam bo’lishini ko’rsatmoqda.
Mehnat sohasidagi keng islohotlar natijasida 2016-2020 yillarda mehnat organlari tomonidan kasb-hunarga o’qitishga yo’naltirilgan fuqarolar soni 8,8 barobar oshgan. Ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etish ko’rsatkichi 65 barobar ortgan.
Shu davrda oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o’sdi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi.
Ta’kidlash lozimki, norasmiy mehnat bilan bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan yechimlarni hal etish davlatning bandlik siyosatida muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamonda aholi bandligini ta’minlashda bandlikning nostandart shakllari, jumladan, aholining o’zini o’zi band qilishining o’sishi mehnat bozori moslashuvchanligining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Iqtisodiy inqirozlar, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida va undan so’ng barqaror bo’lmagan ish bilan band xodimlarga ko’proq ta’sir qilishi hamda kambag’allikni qisqartirish maqsadida bandlikning nostandart shakllaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Yevropa Ittifoqida bandlikning nostandart shaklida band bo’lgan xodimlar jami ish bilan bandlikning deyarli 40 foizini jumladan, Niderlandiyada deyarli 50 foizini tashkil qiladi.
Aholining norasmiy mehnat bilan bandligini kamaytirishning muhim vositalaridan biri sifatida nostandart ish bilan bandlik shakllaridan keng foydalanish (masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida, o’zini o’zi band qilish, frilans, autsorsing, vaqtinchalik, mavsumiy bandlik, uyda bandlik) va xususan o’zini o’zi band qilishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Masalan, o’zini o’zi band qilgan shaxslarni ro’yxatga olish xabar berish tartibida maxsus mobil ilova yoki soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilishi, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida (270 ming so’m) ijtimoiy soliq to’lash orqali ularning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilangan.
Hozirgi kunda o’zini o’zi band qiladigan shaxslar uchun 68 ta faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari tasdiqlangan bo’lib, ularni yanada kengaytirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Natijada, 2021 yil 1 iyul holatiga 852,4 ming nafar fuqaro o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazildi. Shundan 310,1 ming nafarini 30 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar tashkil etadi.
XMTning ma’lumotiga ko’ra, dunyoda jami ish bilan bandlikda o’zini o’zi band qilganlar ulushi 42,5 foizni tashkil qiladi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va AQShda o’zini o’zi band qilganlar aholiga keng xizmat turlarini, 400 dan ortiq faoliyat (tadbirkorlik, ijtimoiy, rieltor, vositachilik, konsultativ xizmatlar, reklama, chakana savdo va boshqalar) ko’rsatadilar va O’zbekistonda ushbu faoliyat turlarida o’zini o’zi band qilishning imkoniyatlari hali ancha kengdir.
Bizning fikrimizcha, o’zini o’zi band qilishni inson resurslarini boshqarish va aholi bandligini ta’minlashning ustuvor yo’nalishi sifatida rivojlantirish lozim. O’zini o’zi band qilishning yollanma xodimga nisbatan afzalliklarini quyidagilarda ko’rish mumkin:
– o’ziga rahbar bo’lish va o’z ish faoliyatini to’liq nazorat qilish hamda yakuniy mahsulot uchun o’z ovoziga ega bo’lish;
– ko’proq daromad olish imkoniyatiga ega bo’lish, frilanserlar yollanib ishlaydiganlarga nisbatan ko’proq pul topadilar va yo’l xarajatlarini tejagan holda uyda o’tirib, bola parvarishi bilan ham shug’ullanish imkoniyati paydo bo’lishi;
– ishning turli-tumanligi bilan bahramand bo’lish, doimiy ishga moslashish, o’z mahoratini oshirish va yangilash, har bir yangi mijoz bilan yangi chaqiriq, da’vat tufayli ijodkor bo’lishi va o’z biznesini ochishi;
– o’zi uchun kun tartibini o’rnatish, belgilangan ish jadvalining mavjud emasligi va ish soatlarining moslashuvchanligi;
– o’z mijozlarini tanlashi va kimga xizmat ko’rsatish huquqiga to’liq egalik qilishi.
Mehnat bozorida inklyuzivlikni ta’minlash, yoshlar, ayollar va nogironligi bo’lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko’maklashish maqsadida ular uchun alohida dastur va chora-dasturlar qabul qilinishi natijasida aholining ushbu guruhlarini mehnat faoliyatiga faol jalb etishga erishilmoqda.
2017-2020 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga 33,3 mlrd.doll. xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, 22,7 mlrd.doll to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar kiritilishi natijasida mamlakatimizda barqaror yangi ish o’rinlarining yaratilishi va o’sishi kuzatilmoqda.14
Natijada, 2016 yil 339,4 ming, 2017 yil 389,3 ming, 2018 yil 372,1 ming, 2019 yil 388,5 ming, 2020 yil 427,8 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ish bilan bandligi masalasining o’ta dolzarbligini hisobga olgan holda, 2021 yil boshidan qishloq xo’jaligi uchun 1 gektardan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash yo’lga qo’yildi.
COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi, aholining daromad manbai bo’lgan ish bilan bandligini saqlab turish, ommaviy ishdan bo’shatilishlarni oldini olish, xodimlarni masofaviy ish usulida bandligini ta’minlash va boshqa keng chora-tadbirlar asosida ishsizlik darajasining oshib ketmasligiga erishildi
XXI asrda iqtisodiy taraqqiyot uchun inson kapitali muhim omil bo’lib, uni rivojlantirish, oliy va professional ta’limning sifatini oshirish har qanday mamlakat oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Barcha yetakchi, ilg’or davlatlar tajribasi faqat inson kapitalini to’laqonli rivojlantirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda.
Shu sababli, 2020 yilda mehnat bozorini yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash, professional standartlar, tarmoq malakalar ramkalari va malaka talablarining ishlab chiqilishi hamda yangilab borilishi, malaka va bilimlarni baholash milliy tizimining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo’yicha tarmoq va hududiy kengashlar tashkil etildi.
Aholini kasb-hunarga o’qitish va qayta tayyorlashning uch bosqichli tizimi:
1) band bo’lmagan aholiga xizmat ko’rsatuvchi hududiy «Ishga marhamat» monomarkazlari;
2) mamlakatning barcha hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida tuman va shahar kasb-hunarga o’qitish markazlari;
3) mahalla aholisini kasb-hunarga o’qitish maskanlari tashkil etildi.
Mehnat bozori, bandlik, demografiya, mehnat migratsiyasi, malaka tizimi va kasbiy standartlarni takomillashtirish va mehnatni muhofaza qilish yo’nalishlarida ilmiy-amaliy ishlar, tadqiqotlarni amalga oshirish hamda erishilgan ilmiy natijalarni amaliyotga keng joriy etish va sohada ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida, Respublika bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etildi.
Jahondagi globallashuv, mamlakatlarning o’zaro integratsiyalashuvi mehnat bozorida ishchi kuchining erkin harakatlanishi va ularning o’z mehnat potensialidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2000 yildan boshlab, O’zbekistondan chet elga mehnat faoliyati yuritish uchun chiqish doimiy xususiyatga aylandi va bu jarayonga ancha vaqt yetarli e’tibor qaratilmadi.
Mamlakatimizda ishchi kuchining profitsiti mehnat bozoridagi vaziyatni yumshatish, iqtisodiy rivojlanishning dastlabki davrida tashqi mehnat migratsiyasining muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu jarayonlarni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyulda “O’zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada PQ-3839-son va 2020 yil 15 sentyabrda takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4829-son qarorlari qabul qilindi.15
Natijada, xorijda ishlayotgan mamlakatmiz fuqarolariga nisbatan munosabat tubdan o’zgardi, ularni qo’llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
2020 yilda COVID-19 pandemiyasiga qaramay, mehnat migrantlari tomonidan O’zbekistonga 6 mlrd. AQSh dollardan ortiq pul jo’natmalari o’tkazildi va shundan 4,3 mlrd. AQSh dollar Rossiya Federatsiyasi hissasiga to’g’ri keldi.
Bundan tashqari mehnat migrantlari Qozog’iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Koreya Respublikasi va Yevropa mamlakatlarida mehnat faoliyatlarini amalga oshirib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun potensial investor, malakali mutaxassis, yangi ish joylari yaratuvchi tadbirkor sifatida qabul qilish lozim. So’rovlarga ko’ra, mehnat migrantlarining 20 foizi chet elga ishga ketish sababi deb, o’z biznesini ochishga, tadbirkorlik uchun dastlabki sarmoyani jamg’arish deb ma’lum qilgan.
O’zbekiston 2020 yilda WorldSkills International – xalqaro notijorat assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi va bu standartlari asosida ishchi kasblarni ommalashtirish va kasb malakalarini baholash, kasbga tayyorlash hamda jahon mehnat bozoriga malakali, professional standartlarni olgan raqobatbardosh ishchi kuchini eksport qilish imkoniyatini va tashqi mehnat migratsiyasidan keladigan Rossiyadan tushumni ikki baravardan ko’proq bo’lishi (10 mlrd. AQSh dollari) imkonini beradi.
Inson resurslarining mamlakat ichida samarali mehnat mobilligini ta’minlash aholini ish bilan bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda mamlakatimizda viloyatlararo ichki mehnat migratsiyasining ko’lami iqtisodiy faol aholining 14,1 foizini 2 mln. kishi, (viloyat ichida esa 6,6 foizini (969 ming kishini) tashkil etib, ularni rasmiy bandligi, ijtimoiy himoyasini ta’minlash va qo’llab-quvvatlashning tashkiliy- ma’muriy mexanizmlarini yaratishni talab qiladi.
Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko’maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko’rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o’sishga xizmat qiladi.
Raqamli iqtisodiyotning jamiyat hayotiga keng kirib kelishi barcha sohalarda mehnat faoliyatida AKTdan foydalanish natijasida “haqiqiy” va “virtual” dunyo bilan uzviy bog’lanish sharoitida bo’lishni taqozo etmoqda. Keng qamrovli ulanish tufayli hatto masofa ham ish bilan bandlikni ta’minlashda muammo bo’lmay qoldi. Raqamli iqtisodiyot nafaqat bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish, mehnat bozorida intellektual, yuqori malakali, bilimli kadrlarga bo’lgan talabning ortishi balki, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishdagi ahamiyati va asoslarini O’zbekistonda qabul qilingan quyidagi hujjatlarda ko’rish mumkin. (9-rasm).


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin