Ishsizlik-global muammo sifatida kelib chiqish sabablari va bartaraf etish usullari(bob)
9-rasm.Raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish asoslari16 Yangilanayotgan O’zbekistonning istiqbolini belgilab beruvchi hujjatlarda
raqamli va bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy malaka va bilimlarning moslashuvchan, izchil va uzluksiz rivojlanishini hamda aholining samarali ish bilan bandligini, aholi va davlat organlari o’rtasidagi munosabatlarni, jumladan mehnat munosabatlarini raqamli elektron platformalar yordamida amalga oshirishni nazarda tutadi.
So’nggi yillarda davlat tomonidan qulay biznes yuritish muhitini yaratish, soliq yukini kamaytirish va O’zbekistonning "Doing business” reytingini yaxshilash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish hamda jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliqni bekor qilish, shaxsiy daromadlarga soliq solishning progressiv o’lchovidan yagona soliq stavkasiga o’tildi. O’zini o’zi band qilgan fuqarolarga ro’yxatdan o’tishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi va 68 turdagi mehnat faoliyatini yurituvchi toifalari uchun daromad solig’idan ozod qilinishi kabi choralar norasmiy mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishda katta ahamiyatga ega.
Mehnatga layoqatli aholi sonining jadal o’sib borishi yaqin istiqbolda mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining keskin o’sishini va aholi bandligini ta’minlash masalasi mamlakat oldida turgan eng dolzarb muammoga aylantiradi. Respublikamizda 2020 yilda ish bilan band aholi soni 13,2 mln. kishini va shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5,7 million kishi (43,3%) tashkil qilgan. Tahlil natijalariga ko’ra, respublikada 2030 yilga kelib, aholi soni 2020 yilga nisbatan 20,7% yoki 7017,9 ming kishiga, mehnat resurslari 21,9% yoki 4192,1 ming kishiga, ish bilan band aholi 16% yoki 2125,5 kishiga oshishi va norasmiy mehnat bilan bandlar ulushi 20%ga tushishi kutilmoqda. Bu ko’rsatkichlar istiqbollashtirish davrida band aholining yiliga o’rtacha 1,15%dan oshishi va keng qamrovli kompleks tadbirlarni amalga oshirish natijasida norasmiy mehnat bilan bandlar sonining yiliga o’rtacha 5%ga kamayishi natijasida ro’y beradi (10-rasm).