14
6 - rasm.
Talab va taklifning o‘zgarishi natijasida muvozanat
o‘zgarishi
Murakkab holatlar, ya’ni bir vaqtda talab va taklif qarama-qarshi yoki
bir yo‘nalishda o‘zgarishining ham ehtimoli bor.
Bunday holatlarda
muvozanatli narx va muvozanatli ishlab chiqarish hajmining o‘rnatilishi
yuqoridagi to‘rtta variantlarning kombinatsiyalaridan
kelib chiqishi
mumkin, alohidagi vaziyatda talab va taklif bir-birining ta’sirini
neytrallashtirib, muvozanatli narxga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaslik
mumkin.
Talab va taklif nazariyasining muhim
amaliy ahamiyati shundan
iboratki, ushbu nazariya bozor barcha turlarida joriy etiladi – mahsulot,
resurslar, xalqaro valyuta bozorlarida.
4. Talab va taklif elastikligi
Xaridorning tovar narxlarining o‘zgarishiga
sezgirlik darajasini
aniqlashda talab elastikligi tushunchasidan foydalaniladi.
Talab qonuni bo‘yicha mahsulot
narxining kamayishi talab
miqdorining oshishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: