23
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish va sotish bilan bogliq bo
‘
lgan sarflar, ya‘ni iqtisodiy
resurslarni topish, xarid qilish va ulardan samarali foydalanish
sarflari tushuniladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida moddiy va
mehnat sarflar mavjud. Moddiy sarflar
bozor narxda xarid qilingan
mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, binolar, shuningdek xom ashyo,
asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va
energiya sarflardan iborat
bulib, muayyan narxlarda hisoblanadi. Mehnat sarflari - ish haqi,
mukofotlar, ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalari, tadbirkorni qoniqtiradigan
normal foydadan iborat.
Tovar birligining qiymatiga ishlab chiqarish xarajatlari hamda foyda
miqdori kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning
puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Unga
bevosita
ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: