22
yoki
ga nisbatan kvadrat tenglama hosil bo‘ladi. Uni yechsak:
va
Ya’ni sotish hajmi 30 foizga oshadi, narx 7,5 foizga tushadi:
2-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI TAHLILI
VA FOYDA NAZARIYASI.
Reja:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli
davrlarda ishlab chiqarish
xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Oldingi mavzuda biz firmalarning ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi
qaror qabul
qilishini tahlil kilganimizda, taklif egri chizig‘idan
foydalangan edik. Taklif qonuniga binoan firmalar yuqori narx bo‘yicha
ko‘proq miqdordagi mahsulotni sotuvga chiqarishadi. Shu tufayli taklif
egri chizig‘i musbat qiyalikka egadir.Taklif qonuniga tayanib firmaning
harakati to‘g‘risidagi turlicha savollarga javob topish mumkin. Bu
mavzuda biz bozorni tashkil qilish nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.
Ushbu nazariyaning predmeti – firmaning
narx hamda ishlab chiqarish
hajmi to‘g‘risidagi qaror qabul qilishiga
bozor shart-sharoitlarning
ta’siridir.
Bozorni tashkil qilish nazariyasining
dastlabki punkti - ishlab
chiqarish xarajatlari. Ular firmalarning
bozorga mahsulot yetkazib
berishga bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu
mavzuda biz sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to‘xtalamiz
hamda foydaning tashkil topishini tahlil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: