Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

marjinalistik 
(neoklassik)
yondashuv
keng 
tarqalgan. Oxirgi paytda muomala sohasida mavjud bo‘lgan va 
mahsulotni sotish muammosi bilan bog‘liq 
transaksion xarajatlar 
to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritilyapti(10-rasm). 
10-rasm. 
Ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi 
Mazkur mavzuda biz marjinalist va neoklassik nazariyadan 
foydalanamiz. Bu konsepsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda 
resurslarning 
cheklanganligi 
va 
ulardan 
muqobil 
foydalanish 
imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun birorta tovarni ishlab 
chiqarish uchun muayyan resurslarning tanlab olinishi muqobil tovarning 
ishlab chiqarilishini inkor etadi. Demak, iqtisodiyotdagi xarajatlar muqobil 
tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishidan voz kechish bilan bevosita 
bog‘liqdir. Ishlab chiqarish uchun tanlangan har kanday resursning 
zimmasiga tushgan xarajatlari yoki iqtisodiy xarajatlari 
uning barcha 


25 
mumkin bo‘lgan ishlatilish variantlardan eng yaxshisida qo‘llanishining 
qiymatidir. 
Alohida olingan firma uchun 
zimmasiga tushgan xarajatlar yoki 
iqtisodiy xarajatlar – bu resurs egasiga mazkur resursni boshqa 
muqobil yo‘nalishlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymay o‘ziga jalb etish 
uchun firmaning to‘lovidir. 
Agar resurslar cheklanmagan bo‘lganda, 
ularni tanlab ishlatishga ehtiyoj bo‘lmas edi. Firma mavjud 
imkoniyatlarning eng qulayini (ya’ni eng yuqori naf keltiradiganini) 
tanlaganda zimmasiga tushgan xarajatlar kelib chiqadi.
Iqtisodiy xarajatlar tashqi va ichki (yoki ko‘rinar va ko‘rinmas) 
xarajatlarga bo‘linadi (11-rasm). 
Tashqi (ko‘rinar) xarajatlar- bu firma 
tashqaridan sotib olingan zarur resurslar uchun to‘lagan haqi. 
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar 
uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun 
renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. 
Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli 
buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin