19
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi?
Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish
ro‘y beradi?
2.
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi?
Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish
ro‘y beradi?
3.
Don birjasida bug‘doyga bo‘lgan talab va taklifning umumiy hajmi
quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi deb faraz qilamiz:
Talab, ming
sentner hisobida
Bir sentner
narxi (so‘m)
hisobida
Taklif ming
sentner hisobida
Ortiqcha
(+) yoki kam
(-)
85
80
75
70
65
60
3400
3700
4000
4300
4600
4900
72
73
75
77
79
81
a) bozor narxi yoki muvozanatli narx qanday bo‘ladi? Bug‘doyning
muvozanatli miqdori qancha? 4-ustunni to‘ldiring
va natijalarini
tushuntirib bering;
b) shu ma’lumotlardan
foydalanib, bug‘doyga bo‘lgan
talab va
taklifning grafik shaklidagi tasvirini bering.
Muvozanatli narx va
muvozanatli miqdorni aniqlang;
d) nima uchun 3400 so‘m bu bozorda muvozanatli narx bo‘la olmaydi?
4900 so‘m-chi?
e) Endi davlat bug‘doyning eng yuqori narxini 3700 so‘m qilib belgiladi
deb faraz qilamiz. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil
tushuntiring. O‘z javoblaringizni grafikda tasvirlang.
4. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining
har biri raqobatli
bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning
muvozanatli miqdoriga
qanday ta’sir ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish uchun
talab va taklif diagrammasidan foydalaning.
a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi;
b) talab qisqaradi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi;
d) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi;
e) talab ortadi va taklif ham ko‘payadi;
j) talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi;
20
z) taklif ko‘payadi, talab esa qisqaradi;
k) talab ortadi, taklif esa qisqaradi;
l) talab hamda taklif qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: