Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

Narx bo‘yicha talab elastikligi
mahsulot narxining o‘zgarishiga talab miqdorining reaksiyasini aniqlaydi. 
Agar narx o‘zgarishiga nisbatan talab miqdori sezilarli darajada o‘zgarsa, 
talab 
elastik
deb hisoblanadi. Agar narx o‘zgarishiga nisbatan talab 
miqdori sezilarsiz darajada o‘zgarsa, talab 
noelastik
deb hisoblanadi.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan 
sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga 


15 
o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha 
elastiklik ko‘rsatkichi deyiladi.
Talabning narx bo‘yicha elastikligi (E
r
) darajasi quyidagi formula 
bo‘yicha hisoblanadi: 

Bu yerda:

Q – talab miqdorining o‘zgarishi foizda; 

R – narxlarning o‘zgarishi foizda. 
Agar E

1 dan oshiq bo‘lsa, talab elastik deb hisoblanadi, agar E
r

dan kam bo‘lsa, talab noelastik deb hisoblanadi. Agar E

= 1 teng bo‘lsa, 
talab bir birlik elastik deb hisoblanadi, ya’ni tovar miqdorining foizdagi 
o‘zgarishi uning foizdagi narx o‘zgarishiga tengdir. Matematik nuqtayi 
nazardan elastik ko‘rsatkichi talab egri chizig‘ining qiyaligini ifodalaydi. 
Egri chiziq qanchalik qiyaroq bo‘lsa, talab elastikligi shunchalik yuqori 
bo‘ladi, egri chiziq qanchalik tikroq bo‘lsa, talab elastikligi shunchalik 
past bo‘ladi. Gorizontal ko‘rinishdagi egri chiziq 
absolyut elastik
talabni 
ifodalaydi, ya’ni narxning sezilmas o‘zgarishi ham talab miqdorining 
katta o‘zgarishiga olib keladi. Vertikal ko‘rinishdagi egri chiziq 
absolyut 
noelastik
talabni ifodalaydi, ya’ni har qanday mumkin bo‘lgan narx 
darajasida ham tovar miqdori o‘zgarmaydi (7 - rasm). 
Talab elastikligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. 
Ularning asosiylari quyidagilar: 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin