Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

absolyut elastik 
taklifni ifodalaydi, ya’ni 
narxning sezilmas o‘zgarishi ham taklif miqdorining katta o‘zgarishiga 
olib keladi. Vertikal ko‘rinishdagi egri chiziq 
absolyut noelastik 
taklifni 
ifodalaydi, ya’ni har qanday mumkin bo‘lgan narx darajasida ham tovar 
miqdori o‘zgarmaydi (8 - rasm). 


18 
Taklif elastikligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil vaqt oralig‘i 
hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda qisqa muddatga nisbatan taklif 
elastikligi yuqoriroq bo‘ladi. Firmalarga ishlab chiqarish quvvatlarni
qisqartirish yoki kengaytirish uchun ma’lum vaqt kerak. Shuningdek
qisqa muddatli davrda taklif miqdori narx o‘zgarishiga nisbatan kam 
o‘zgaradi. Aksincha, uzoq muddatli davr firmalarga eski ishlab 
chiqarishlarni yopishga yoki yangi quvvatlarni ishga kiritishga imkon 
beradi va taklif miqdori narx o‘zgarishiga nisbatan sezilarli o‘zgaradi. 
 
 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
Talab 
– iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida 
sotib olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. 
Talab egri chizig‘i 
–narx va talabning hajmi o‘rtasidagi teskari 
bog‘liqlikni ifodalaydigan grafik. 
Talab qonuni
– tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori 
o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ifodalaydi. 
Taklif
– ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir 
bo‘lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan 
tovarlar miqdoridir. 
Taklif egri chizig‘i – narx va taklifning hajmi o‘rtasidagi to‘g‘ridan –
to‘g‘ri bog‘liqlikning grafikdagi tasviridir. 
Taklif qonuni
– narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori 
o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin