17
Bu yerda:
Q – talab miqdorining o‘zgarishi foizda;
D – daromadning o‘zgarishifoizda.
Tovarlarning aksariyati normal tovarlar kategoriyasiga kiradi:
iste’molchilar daromadining o‘sishi ushbu tovarlarga bo‘lgan
talabni
oshiradi. Talab miqdori va daromad bir yo‘nalishda o‘zgargani sababli,
normal tovarlar daromad bo‘yicha musbat elastiklikka ega. Ba’zi tovarlar
(masalan, avtobusdagi safarlar) past tovarlar kategoriyasiga kiradi:
iste’molchilar daromadining o‘sishi ushbu tovarlarga bo‘lgan talabni
kamaytiradi. Talab miqdori va daromad teskari yo‘nalishda o‘zgargani
sababli, past tovarlar daromad bo‘yicha manfiy elastiklikka ega.
Turli normal tovarlarning daromad bo‘yicha elastikligi sezilarli
farqlanishi mumkin. Oziq-ovqat va
kiyim-kechak kabi eng zarur
tovarlarning daromad bo‘yicha elastikligi past bo‘ladi, chunki
iste’molchilar daromad hajmiga qaramay ushbu tovarlarni xarid qilishga
majbur. Zeb-ziynat tovarlar esa daromad bo‘yicha yuqori elastiklikka ega,
negaki
iste’molchilarning
daromadi pasayganda, ular qimmat
mahsulotlardan voz kechishi turgan gap.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan
sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga
o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha
elastiklik ko‘rsatkichi deyiladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (E ) darajasi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu yerda:
Q – taklif miqdorining foizdagi o‘zgarishi;
R – narxlarning foizdagi o‘zgarishi.
Agar E
r
1 dan oshiq bo‘lsa, taklif elastik deb hisoblanadi, agar E
r
1
dan kam bo‘lsa, taklif noelastik deb hisoblanadi. Agar E
r
= 1 teng bo‘lsa,
taklif bir birlik elastik deb hisoblanadi, ya’ni tovar miqdorining foizdagi
o‘zgarishi uning foizdagi narx o‘zgarishiga tengdir.
Gorizontal
ko‘rinishdagi egri chiziq
Dostları ilə paylaş: