Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


samaraning kamayib borishi qonuni



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

samaraning kamayib borishi qonuni 
javob 
beradi. Unga ko‘ra, ma’lum davrdan boshlab korxonaning ishlab 
chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchan 
resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish har 
bir keyingi o‘zgaruvchan resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi 
qo‘shimcha mahsulot beradi.
Bu qonunga quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Masalan, eshik 
romlarni ishlab chiqaradigan kichik korxona ma’lum miqdordagi 
duradgorlik va tokarlik asboblarga ega bo‘lib, bor yo‘g‘i bitti yoki ikkita 
ishchini yollagan. Albatta umumiy ishlab chiqarish hajmi va mehnat 
unumdorligi past bo‘ladi. Chunki ishchilar bir qator turli mehnat 
operatsiyalarni bajarishga majbur bo‘lib, ixtisoslashuv afzalliklardan 
foydalanib ololmaydi. Undan tashqari, bir mehnat operatsiyadan 
ikkinchiga o‘tganda ish vaqti yo‘qotilib, stanoklar bekor turib qolardi. 
Ya’ni, mehnat miqdoriga nisbatan kapital ortiqligi sababli ishlab 
chiqarish samarasiz bo‘lardi. Ishchilar soni oshgan sari bu qiyinchiliklar 
yo‘q bo‘ladi: ishchilar ma’lum mehnat operatsiyalarga ixtisoslashib, 
ularning ish vaqti unumli sarflanadi. Natijada ishlab chiqarish samarasi 
ortgan sari har bir keyingi ishchining me’yoriy yoki qo‘shimcha 
mahsuloti oshib boradi. Lekin bu holat cheksiz emas. Agar ishchilar soni 


32 
yanada oshib boraversa, unda kapital miqdoriga nisbatan mehnat ortiqligi 
mavjud bo‘ladi, ya’ni har bir ishchiga endi kamroq stanok soni to‘g‘ri 
keladi va har bir keyingi ishchining me’yoriy mahsuloti kamayib boradi. 
Oqibatda ishchilarning haddan tashqari oshib ketishi korxonada bo‘sh joy 
qolmasligiga va ishlab chiqarish to‘xtashiga olib keladi.
Ushbu qonun o‘zgaruvchan resurslarning barcha birligi (masalan 
barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, 
har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, 
bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin