31
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish
quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini
o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.
Demak, qisqa muddatli davr – bu o‘zgarmas quvvatlar davri, uzoq
muddatli davr esa – bu o‘zgaruvchan quvvatlar davri.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab
chiqarish quvvatlarining
o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona
xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Yengil sanoat tarmoqlarida
ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishi
bir necha kunda yuz berishi
mumkin. Masalan, futbolka chiqaradigan kichik firma bichish uchun bir
nechta qo‘shimcha stol va tikuv mashinalarni bir-ikki kunda o‘rnatib, o‘z
ishlab chiqarish quvvatlarini oshiradi. “Jeneral motors” zavodi esa yangi sex
qurib qo‘shimcha asbob uskunani o‘rnatish uchun
bir necha yil sarflash
mumkin.
Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd
qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchan resurslar miqdorini qo‘shib borish
yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Savol: ishlab
chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) o‘zgaruvchan resurslar oshib
borayotgan miqdori qo‘shilgan sari ishlab
chiqarish hajmi qanday
o‘zgaradi? Bu savolga
Dostları ilə paylaş: