40
20-rasm.
Yalpi foydaning taqsimlanishi
Rasmdan ko‘rinib
turibdiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa
iqtisodiy subyektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga
boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga
olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin.
Bundan
tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari
byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli
xayriya va boshqa fondlarga
mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini
tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga,
shuningdek jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga,
atrof-muhit
muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa
maqsadlarga sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: