Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

19 –rasm
. Firmaning xarajatlari va foyda o‘rtasidagi nisbat.
Narx darajasi R2 teng bo‘lgan holda firmaning faqat minimal 
miqdordagi o‘rta o‘zgaruvchan xarajatlar qoplanadi, doimiy xarajatlar 
o‘rni esa to‘ldirilmaydi. Demak firmaning faoliyatidan ko‘rgan zarari 
yopilish holatidagi zararga tengdir. R2 – R4 oralig‘idagi narx darajasida 
firma zarar ko‘radi, ammo u ishlagani ma’qul, chunki u holda 
o‘zgaruvchan xarajatlar hamda doimiy xarajatlarning bir qismi ham 
qoplanadi. Bu holatda firma ko‘rgan zarari uning yopilish holatidagi 
zarardan ko‘ra kamroqdir. 
R4 narxi minimal miqdordagi o‘rta umumiy xarajatlarni qoplaydi 
(ham o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajatlarni), ya’ni firma normal foyda 
oladi. Agar narx darajasi R4 dan yuqoriroq bo‘lsa, firma qisqa muddatli 
davrda iqtisodiy foyda ko‘radi. 
Agar ichki xarajatlar buxgalterlik foydadan oshiq bo‘lsa, tadbirkor 
ishlab chiqarishni to‘xtatib, o‘ziga tegishli resurslarni boshqa muqobil 
yo‘nalishda ishlatgani ma’qul. 
Foydani maksimallashtirish maqsadida firma o‘z sarf-xarajatlarini 
pasaytirishga harakat qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirishning 
bir qator yo‘llari bor: texnik-texnologik omillar – yangi texnikani yoki 
texnologiyani joriy qilish; ijtimoiy-iqtisodiy – mehnat sharoitlarini 


39 
yaxshilash, ishchilarning malakasini oshirish, ma’naviy va moddiy 
rag‘batlantirish tizimini joriy qilish, ish vaqtining yo‘qotishlarini 
qisqartirish; tashkiliy – ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish, 
mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa.
Foydaning 
absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari
mavjud. Foyda massasi 
absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgandek, umumiy pul 
tushumidan xarajatlar ayirilishi orqali aniqlanadi.Foydaning nisbiy 
ko‘rsatkichlari – 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin