Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Sillogizm figurаlаri vа moduslаri



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə49/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Sillogizm figurаlаri vа moduslаri. Oddiy qat’iy sillogizmning strukturasida o‘rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to‘rtta figurasi farq qilinadi.
I. Figurda o‘rta termin katta asosning sub’ekti, kichik asosning predikati bo‘lib keladi.
II. Figurada o‘rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo‘lib keladi.
III. Figurada o‘rta termin har ikki asosning sub’ekti bo‘lib keladi.
IV. Figurada o‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub’ekti bo‘lib keladi.
Sillogizm asoslari oddiy qat’iy hukmlar (A, Ye, I, 0) dan iborat. Bu hukmlarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda, (to‘plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» - shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos moduslari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri moduslari aniqlashda, to‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga Har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos bog‘lanishi asosida aniqlanadi.
Entimemа. (Qisqartirilgan qat’iy sillogizm). Entimema deb, asoslardan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema – aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimema sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Entimemalar uch turli bo‘ladi:
1. Katta asosi tushirib qoldirilgan.
2. Kichik asosi tushirib qoldirilgan.
3. Xulosasi tushirib qoldirilgan.
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin: Falsafa fakul’tetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadi.
Sobirov falsafa fakultetining talabasi
Sobirov mantiq fanini o‘rganadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
1. Sobirov falsafa fakul’tetining talabasi bo‘lganligi uchun mantiq fanini o‘rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, shu jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Falsafa fakul’tetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, Sobirov esa shu fakul’tetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar baxs- munozara yuritish jarayonida, notiqlik san’atida keng qo‘llaniladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin