Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə50/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Induktiv xulosа chiqаrish. Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz.
Kuzatish predmet va hodisalarni o‘rganishning eng oddiy, ko‘p qollarda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulidir. Unda sub’ekt (masalan, tadqiqotchi) kuzatilayotgan hodisaga bevosita ta’sir o‘tkazmasdan, uni tabiiy holatida, bog‘lanishlarida o‘rganadi. Bunda sub’ekt o‘z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbob – uskunalar (masalan, mikroskop, tunda ko‘rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko‘radi.
Tabiiyki kuzatish pala – partish, uzoq – yuluq holda emas, balki izchil, ko‘pincha avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o‘tkaziladi. Masalan, korxona raќbari uning turli bo‘g‘inlarida, bo‘limlarida ishlayotgan mas’ul xodimlarning, ishchilarining ishini sistemali ravishda, mantazam kuzatib boradi, induksiya asosida ma’lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa bir misol. Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir qilishda shubxalanayotgan kishini ќisbga olishdan avval uning xatti – Harakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil sharoitlarda tabiiy ќolatda, unga xalaqit bermagan holda kuzatib boradi. Bu esa unga qat’iy bir qarorga kelishi uchun zarur bo‘lgan faktlarni topishiga yordam berishi mumkin.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to‘liq va to‘liqsiz induksiyalar farq qilinadi.
To‘liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub Har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi ќaqida xulosa chiqariladi.
To‘liq induksiya predmetlarning kichik, sinfiga, elementlari yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan, miqdor jixatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa chiqarishda ishlatiladi. Masalan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar, NATO ga a’zo davlatlar, birorta shaHarda joylashgan korxonalar va shu kabilar xaqida xulosalarni to‘la induksiya yo‘li bilan olish mumkin. Xususan, Quyosh sistemasiga kiruvchi ќarakatining yo‘nalishi soat strelkasi Harakati yo‘nalishiga teskari ekanligi ќaqidagi xulosa aynan ana shu usul yordamida ќosil qilinadi. Xuddi shuningdek, “Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi”, “NATO ga a’zo davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar”, “Toshkent shaќridagi barcha korxonalar elektr energiyasi bilan to‘la ma’minlangan” kabi umumiy hukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar ќam to‘liq induksiyani qo‘llash asosida shakllanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin