Dilatometr va bimetalli termometrlarning ishlash prinsipi harorat o‗zgarishida qattiq jism chiziqli o‗lchamining o‗zgarishiga asoslangan. Harorat o‗zgarishiga bog‗liq bo‗lgan qattiq jism chiziqli o‗lchamining o‗zgarishi tenglama orqali quyidagicha ifodalanadi:
0 r t l l (1 t )
(19.3)
bu yerda, lt - t haroratda qattiq jismning uzunligi; l0 — shu jismning 0°C dagi uzunligi; βr — o‗rtacha chiziqli kengayish koeffitsiyengi (00C dan t °C gacha bo‗lgan haroratlar oraligida).
Dilatometrik termometr, odatda, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti katta bo‗lgan metall naycha (aktiv element) va issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti juda kichik bo‗lgan naycha ichida joylashgan sterjendan iborat.
Dilatometrik termometrlarning aktiv elementi (naychasi) ning asosi materiallari jez L62 (β·r= 18,3 ’ 23,6·10-6. 0C-1) yoki nikellangan po‗lat
r
XN60V, 10X17N13M2T (β· =20··10-60C-1) bo‗ladi. Passiv element
r
sifatida, odatda, invar qotishmasi (βn == 0,9·10-60C-1) qo‗llanadi. Harorat
ortganda aktiv element (naycha) sterjenga nisbatan ancha ko‗proq uzayadi. Sterjenning siljishi (cho‗zilishi) haroratning o‗zgarishiga to‗g‗ri mutanosiblikda bo‗ladi va naychaning boshlang‗ich uzunligi bilan aniqlanadi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar haroratini o‗lchashda hamda haroratni ma‘lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qo‗llaniladi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik sinflarida chiqariladi, ularning yuqorigi o‗lchash chegarasi 500°C gacha.
Afzalliklari: ishonchli, oddiy va arzon.
Kamchiliklari: asbob o‗lchamlari katta, harorat bir nuqtada emas, balki hajmda o‗lchanadi, issiqlik inertsiyasi katta.
Bimetall termometrlarning sezgir elementi kavsharlangan ikkita plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinka issiqlikdan kengayish harorat koeffistiyenti turlicha bo‗lgan metallardan tayyorlanadi. Harorat o‗zgarganda plastinkalar og‗adi. Kavsharlangan plastinkalar bir- biriga nisbatan siljiy olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish harorat koeffitsiyenti kam bo‗lgan plastinka tomonga og‗adi. Plastinkalar uzayishining harorat koeffitsiyenti farqi qancha katta bo‗lsa, prujinaning harorat o‗zgarishidagi og‗ishi shuncha ko‗p bo‗ladi. Bimetall termometrlar bilan haroratni o‗lchash chegarasi—150°C dan +700°Cgacha, xatosi 1...1,5%. Bu turdagi termometrlar haroratni ma‘lum darajada avtomatik ravishda rostlash va signalizatsiya uchun qo‗llaniladi.