GSHU-65 rusumli gidravlik shрris. Shpris (25.1, a, b - rasm) go‗sht kombinatlarida keng tarqalgan. U qiyma uchun hajmi 65 l bo‗lgan ishchi silindrdan 1 iborat. Silindr cho‗yandan quyish yo‗li bilan tayyorlangan, ichida porshen va zichlash halqalari mavjud. Halqalar qiymaning porshen osti bo‗shlig‗iga tushishdan asraydi.
12- taqsimlash krani; 13-sevka krani.
Qiyma silindri porsheni 6 shtok 7 orqali porshen 8 bilan qattiq ulangan. Shuning bilan ikkala porshenlar birga harakat qilishadi. Qiyma silindri 1 yuqori qismidan qopqoq 2 va zichlashtirish halqasi bilan berkitilgan. Qopqoq traverza 3 bilan shturval 4 yordamida zich siqiladi. Qiyma chiqishi uchun silindrning ikkala tomonidan ikkita juftlangan naycha (sevka) 5 o‗rnatilgan. Ular kran 13 bilan berkitiladi. Sevkalar bittalik bo‗lishi ham mumkin. Juftlangan sevkalar shpris unumdorligini oshirish imkoniyatini beradi.