Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə44/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot

Qurilmani ishga tayyorlash. 1.Apparat plastinkalarini qisib shkaladagi tegishli chiziqchaga to‗g‗ri keltiriladi, shunda apparat germetiklashadi. Agar qurilma ishga tushirilganda apparatga faqat bitta issiqlik almashinuvchi muhit, chunonchi, suyuqlik kirsa, ya‘ni plastinkalarga bir tomonlama bosim ta‘sir etsa, u holda plastinkalarning zichlash qistirmalari orqali bir oz sizish sodir bo‗lishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun plastinkalarni yana bir bor qisishga hojat yo‗q, chunki sovituvchi suv yoki namakob yuborilganda zarur germetiklikka erishiladi, ya‘ni plastinkalarga ikki tomonlama baravar bosim ta‘sir etadi.

  1. Apparat shtutserlariga suyuqlik va suv (namakob) trubalari tutashtiriladi. Sovuq suv trubasini ham, namakob trubasini ham sovuq agentni boshqa apparatlarga o‗tkazmay turib, bevosita sovitish mashinasining bug‗latkichiga tutashtirish maqsadga muvofiqdir. Artezian qudug‗idan olinayotgan suvni ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri magistral trubadan tutashtirgan ma‘qul. Bu shartlar buzilganda sovituvchi suv yoki namakobning belgilangan berilish karraliligi buzilishi tufayli sovitish rejimi yetarlicha turg‗un bo‗lmaydi.

  2. Suyuqlik kommunikatsiyalari orqali qaynoq (85 0C) suv o‗tkazib qurilma mikroblardan tozalanadi.

Qurilmani ishga tushirish.


  1. Qurilmaning elektr sxemasi elektr tarmog‗iga ulanadi.

  2. Boshqarish sistemasi ishini o‗tkazish pereklyuchateli «Avt» holatiga qo‗yiladi.

  3. Sovitkichga mahsulot uzatuvchi nasos ishga tushiriladi.

  4. Mahsulot sovitkichga kirgandan keyin namakob va artezian suvi uzatish liniyasidagi ventil ochiladi. Suyuqlikni apparat orqali beto‗xtov o‗tkazish qurilmasini to‗g‗ri ishga tushirishning zarur sharti hisoblanadi. Aks holda namakobdan foydalanishda apparat yaxlab qolishi mumkin. Suyuqlik kelishi to‗xtaganda namakob berilishini ham darhol to‗xtatish zarur. Sun‘iy sovuqni tejash maqsadida artezian suvining uzatilishi mazkur

haroratga mos keladigan qilib rostlanadi. Suv haroratsi past bo‗lganda sovuqlik sarfi mos ravishda kamaytirilishi zarur.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin