Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə46/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot

Xavfsizlik texnikasi. Plastinkali sovitish qurilmasida ishlaganda uning boshqarish pultini albatta yerga ulash zarurligini esda tutish lozim. Boshqarish pultiga o‗tish joyi begona narsalardan xoli bo‗lishi zarur. Apparatda bosim haddan tashqari ko‗tarilib ketmasligi uchun ish boshlashdan avval ichki kommunikatsiyalardagi jo‗mraklarni ochib qo‗yish kerak.

Nazorat savollari


  1. Sovitish qurilmalari va ularning turlari.

  2. Qurilmaga qanday texnik xizmat ko‗rsatiladi?

  3. Qurilmaning vazifasi, undan qanday komplekslarda foydalanish mumkin?

  4. Plastinkali apparatning tuzilishi va ishlash prinsipi.



        1. amaliy mashg‘ulot


QADOQLASH VA BERKITISH MASHINALARINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Qadoqlash va berkitish mashinalartini o‗rganish.

Umumiy ma’lumotlar


Kolbasa mahsulotlari, go‗sht konservalari, chuchvara, kotlet va boshqa go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarishda qiymani kolbasa
qobiqlariga to‗ldirish, konserva bankalarini go‗sht bilan to‗ldirish, donali mahsulotlarni tayyorlashda go‗sht va hamir portsiyalarini og‗irlik yoki hajmi bo‗yicha bo‗lish operatsiyalari bajariladi. Ularga ma‘lum shakl beriladi, qadoqlanadi va o‗rab qo‗yiladi.
Bu operatsiyalar jarayon unumdorligini oshiruvchi va mahsulot sifatini yaxshilovchi turli mashinalar yordamida oqim-texnologik liniya tashkil etib amalga oshiriladi.

Dozalash-to‘latish mashinalari


To‗latish va dozalash mashinalari go‗sht va parranda kombinatlarining kolbasa va konservalash sexlarida keng ko‗lamda ishlatiladi. Bu guruh mashinalarga birinchi navbatda shpris, yoki kolbasa qobiqlariga mexanik usulda qiyma to‗ldirish mashinalari kiradi.
Ishlash prinsipi bo‗yicha shprislar davriy va uzluksiz ishlovchi bo‗ladi.
Davriy ishlovchi shprislar nisbatan kichik unumdorligi bilan tavsiflanadi. Uning farsh solish rezervuari qiymani rezervuardan qobiqqa siqib chiqarish porshen shaklidagi moslamasi bilan birga qurilgan. U qo‗l kuchi, mexanik va gidravlik yuritmalaridan harakatga keltiriladi.
Uzluksiz ishlovchi shprislar unumli va kolbasa ishlab chiqarish oqim-texnologik liniyalarini vujudga keltirish uchun juda qulay. Bu mashinalar uzluksiz ravishda shpris orqali kolbasa qobig‗iga qiyma berishni ta‘minlaydi. Qiymani rezervuardan bosim bilan berish uchun uzluksiz ishlovchi ekssentrik lopastli konstruksiyali, vintli yoki shnekli, shesternyali va rotatsion ishchi organli mexanizmlar qo‗llanadi. Yuritma turi bo‗yicha mexanik va gidravlik mashinalarga ajraladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin