Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə45/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot

Apparatni yuvib tozalash.


  1. Suyuqlik va namakob berishni to‗xtatib, apparatga suv yuboriladi.

  2. Apparat orqali suyuqlik o‗tgandan keyin nasoslar to‗xtatiladi va boshqarish pulti elektr tarmog‗idan ajratiladi.

  3. Hamma namakob to‗kib olinadi va namakob keladigan kanallar toza suv bilan yuvib tozalanadi.

  4. Apparat 65 – 70 0C haroratdagi 0,7 % li soda eritmasi bilan 30 min yuviladi va vodoprovod suvi bilan chayiladi.

  5. Apparatni ochib, issiqlik berish plastinkalari mayda qil cho‗tka yoki ildizdan yasalgan cho‗tka bilan tozalanadi hamda plastinkalar shlang yordamida suv bilan chayiladi. Bu maqsadda metall cho‗tka va qirg‗ichlardan foydalanish mumkin emas, chunki zanglamaydigan po‗lat ishqor eritmasi ta‘sirida yaltiroqligini yo‗qotadi. Yaltiroqlikni tiklash uchun yuvishdan so‗ng haftasiga bir-ikki marta apparat orqali avval 0,5% li nitrat kislota qo‗shilgan sovuq suv, so‗ngra kuchsiz ishqor eritmasi va suv o‗tkazish zarur.

Agar namakob bilan sovitish seksiyasining kanallaridan namakob butunlay chiqarib tashlanmagan va plastinkalar, namakob o‗tadigan tomondan suv bilan yuvilmagan bo‗lsa, apparatni yuvayotganda uni isitish taqiqlanadi. Namakob issiqlik berish plastinkalarining zang bosishiga va tez ishdan chiqishiga olib keladi. Plastinkalar shamollashi hamda qurishi uchun tozalangan apparatni ish boshlanguncha ochiq qoldirish va plastinkalar orasida zazorlar qoldirish zarur.

Qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatish.


  1. Ko‗tarib turuvchi tortqilar tozalanadi va plastinkalar ravon sirpanishi uchun tortqilarga moy surtiladi.

  2. Vintlar rezbasi tozalanadi va moylanadi.

  3. Yupqa qilib konsistent moyi qoplangan latta bilan apparatning tayanchlari va cho‗yandan yasalgan boshqa qismlari artiladi. Shunday qilinsa, apparatning bo‗yalgan qismlari zanglamaydi.

  4. Zichlash qistirmalarining plastinkalarga mahkamlanishi tekshiriladi va zarur bo‗lsa, ular almashtiriladi. Qistirmalar plastinkalarga 78–BЦS

yelimi bilan yopishtiriladi. Yelim avval aralashtirib olinadi, keyin plastinkalar sirti qumqog‗oz bilan g‗adir-budur qilinadi va «galosha» benzini vositasida yog‗sizlantiriladi. Yopishtiriladigan qistirmalar sirti qumqog‗oz bilan ishlanib, erituvchi bilan yog‗sizlantiriladi va 10–15 min davomida quritiladi. Plastinka va qistirmalarning tayyorlab qo‗yilgan sirtiga bir tekis qilib yelim surkaladi va u 10 min davomida quritiladi, so‗ngra esa ikkinchi marta yelim surkaladi. Keyin surtilgan yelim qatlami sal-pal yopishadigan holatga kelguncha 1–3 min quritilishi kerak. Quritish vaqti yelim qatlamining qalinligiga bog‗liq. So‗ngra qistirmalar novlarga joylashtiriladi va ustidan rolik yurgizib yopishtiriladi. Yopishtirilgan plastinkalar xona haroratsida 24 soat davomida tutib turiladi. Plastinkalar 15–20 0C haroratda yopishtiriladi va tutib turiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin